25.2§. Avtomobil va traktorlarda hamda temir yo‘l vagonlarida kengqo‘llaniladigan changalsimon qutbli sinxron generatorlar Avtotraktor generatorlari. Oldin ta’kidlanganidek, elektr mashinalarida energiyaning o‘zgarishi, magnit zanjirining magnit maydon energiyasi yig‘ilgan joyi- mashina havo oralig‘ida yuzaga keladi. Bunda magnit maydonining shakli asosan mashi-naning energetik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Yig‘ilgan g‘altakli chulg‘amda mashina havo oralig‘ida taxminan sinusoidal taqsimlangan magnit maydonni havo oralig‘iga maxsus shakl berish hisobiga uning magnit o‘tkazuvchanligini o‘zgartirish orqali erishish mumkin. Buning uchun rotorda joylashgan qutb uchligiga changalsimon shakl beriladi (25.2,a-rasm). Bunday shakldagi qutb uchliklar mashinaning o‘qi bo‘yicha joylashgan bitta qo‘zg‘atish g‘altagida havo oraliqda aksial (ya’ni shu o‘q bo‘yicha) yo‘nalgan alohida qutblar oqimlarini radial yo‘nalishga o‘zgartirib, rotorning uncha katta bo‘lmagan diametrida sinxron generatorning ko‘p qutbli konstruksiyasini olishga imkon beradi. Qutblarining kostruksiyasi changalsimon shaklga ega bo‘lgan rotorli sinxron generatorlar avtomobil va traktorlarda keng qo‘llaniladi. Bu generator – ventil generatoridir (uning korpusida kremniy diodi asosida to‘g‘rilagich bloki joylashgan). Generator avtomobilda akkumulyator batareyasi bilan parallel ishlab uni zaryadkalab turadi, shuning uchun uning chiqishi-dagi kuchlanish o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lishi lozim.
25.2,a-rasmda changalsimon rotorli G-250 tipli avtomobil generatori ko‘rsatilgan. Bunda ikkita changalsimon qutb uchligi (1) o‘n ikki qutbli magnit tizimni vujudga keltiradi. Šo‘zg‘atish chulg‘ami (2) vtulka (3)da joylashtiriladi. 18 ta pazli stator (4) yupqa elektrotexnik po‘lat listlari-dan yig‘ilgan. Stator chulg‘ami (5) uch fazali bir qatlamli, bitta qutbga va har qaysi fazaga to‘g‘ri keladigan pazlar soni q = 0,5. Korpus (6) (podshipnik qalqonlari) alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan. Uch fazali o‘zgaruvchan kuchlanish to‘g‘rilagich (7) vositasida o‘zgarmasga aylantiriladi. O‘zgarmas tok rotorda joylashgan qo‘zg‘atish chulg‘amiga ikkita halqa (8) va ikkita cho‘tka yordamida beriladi.