U. T. Berdiev



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə1/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin


U.T. BERDIEV

E L E K T R M A SH I N A L A R I


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi texnika oliy o‘quv yurtlarining
« Elektr energetika» yo‘nalishi talabalari uchun d a r s l i k sifatida tavsiya etgan
T o sh k e n t – 2017

U.T. Berdiev


Elektr mashinalari: Texnika oliy o‘quv yurlarining «Elektr energetikasi» yo‘nalishi talabalari uchun d a r s l i k. – T.: 2017. – b.

Darslikda turli sohalarda keng qo‘llaniladigan transformatorlarning, o‘zgaruvchan (asinxron va sinxron) va o‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishi, ishlash prinsipi, ularda bo‘ladigan asosiy fizik jarayonlar va ularning xarakteristikalari tahlil qilingan, hamda ularning parametrlarini rostlash buyicha nazariy ma’lumotlar va amaliy maslahatlar berilgan.


Darslikdan texnika oliy o‘quv yurtlarining «Elektr energetika», «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» va oliy ta’limning texnika yo‘nalishlari talabalari, elektroenergetika sohasiga oid kasb hunar kollejlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar hamda xizmat doirasi elektr mashinalarining ekspluatatsiyasi hamda ta’mirlashi bilan bog‘langan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.

T a q r i z ch i l a r:


A.A.Abduraimov - Toshkent Davlat texnika universititi "Elektrotexnika" kafedrasi dotsenti t.f.n.
S.F.Amirov - TTYMI «Temir yo’l elektr ta’minoti» kafedrasi mudiri. t.f.d., professor

So‘z boshi
Kelajakning negizi bo‘lgan yuksak malakali kadrlar tayyorlash uchun xalqaro standart talablari asosida ishlab chiqarilgan elektr mashinalariga oid yetarli darajada ma’lumotlarni qamrab olgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Elektr mashinalari va transformatorlari sanoatning turli ishlab chiqarish korxonalarida, energetikada, transportda (aviatsiya, temir yo‘l, avtomobil, metro, tramvay, trolleybus), qishloq va suv xo‘jaligida, qurilishda, va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi.
2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soxada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prizidentining Qarorida 2017-2021yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qabul qilingan dastur doirasida 42 ta yangi gidroelektrostansiya qurish va ishlab turgan 32ta gidroelektrostansiyani modernizatsiya qilish hisobiga 2025 yilga qadar respublikamizning ekalogik toza gidroenergiya ishlab chiqish quvvatlarini 1,7 barobar oshirish nazarda tutilmoqda.
2017-2021yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sig’imini qisqartirish, milliy ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va sinovdan o’tgan xalqaro energotejamkor ilg’or texnololgiyalar tadqiqotlarni amaliyotga maqsadli joriy etish soxasida belgilangan ustuvor yo’nalishlarni ro’yobga chiqarish maqsadida energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari belgilangan.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish soxasida innovatsiya texnologiyalarini, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshoirish, energiya tejovchi jixozlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va mahalliylashtirishni, jumladan, texnologiyalarni transfer qilish va muhandislik markazlarini tashkil etish yo’li bilan kengaytirish hamda qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan, ikkilamchi energetika resurslarini energetik utilizatsiya qilishdan foydalangan kholda, elektr energiya ishlab chiqarish, quyosh, shamol energiyasi, mikro va kichik gidroelektrostansiyalardan foydalanishning sinovdan o’tgan texnologiyalari asosida energiya ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilish orqali yoqilg’i-energetika balansini diversifikatsiyalashni yo’lga quyish masalalari kursatilgan.
Bunga erishish uchun zamonaviy energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalar asosida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlash va yangilarini yaratish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar energiya sig’imini kamaytirishdan iboratdir.
YUqoridagi vazifalarni amalga oshirishda elektr energiyasini ishlab chiqaradigan elektr mashinalarni o’rganish zarur bo’ladi. Buning uchun texnika oliy o‘quv yurtlarining «Elektr energetika» yo‘nalishlari talabalariga «Elektr masahinalari» fanini chuqur o’rgatish talab etiladi.

Darslik texnika oliy o‘quv yurtlarining «Elektr energetika» yo‘nalishi talabalari uchun «Elektr masahinalari» fanining dasturi asosida yozilib, uning mazmuni: transformatorlar, asinxron mashinalar, sinxron mashinalar va o‘zgarmas tok mashinalari ketma-ketligida bayon qilingan. Ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy xossalari va xarakteristikalari amaliyot nuqtai nazaridan yondashilgan holda bayon etilgan. Yangi turdagi elektr mashinalariga oid umumiy ma’lumotlar ham kitobning tegishli bo‘limlarida o‘z aksini topgan. Ishlash prinsipi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanganligi hamda ulardagi elektromagnit jarayonlar ko‘p jihatdan elektr mashinalarinikiga o‘xshashligi sababli transformatorlar ham «Elektr mashinalari» bulimida o‘rganiladi.


Muallif darslikni batafsil taqrizdan o‘tkazgan o‘zining maslahatlari bilan darslikning sifatini yaxshilashga yordam qilganliklari uchun - Toshkent Davlat texnika universititi, “Elektrotexnika” kafedrasi dotsenti, t.f.n. A.A.Abduraimov va TTYMI ning «Temir yo’l elektr ta’minoti» kafedrasi mudiri, professor, t.f.d. S.F. Amirovlar­­­ga o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi.

Kirish
Tabiatda energiyaning bir turdan ikkinchi turga utishi va undan ma’lum maqsadlarda foydalanish insoniyat yashashining omili bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham bu masala o’z aktualligini yuqotgani yo’q.
Elektr mashina mexanik energiyani elektr energiyaga (elektr generatorlari) yoki elektr energiyani mexanik energiyaga (elektr motorlari) aylantira oladigan elektromexanik o‘zgartgichdir. Elektr mashinalarida energiyaning elektromexanik o‘zgartirilishi magnit maydon vositasida amalga oshirilib, elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan; shuning uchun ham ularni induktiv elektr mashinalari deyiladi. O‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartirib beruvchi transformatorlar ham induktiv elektr mashinalarining o‘ziga xos turidir.
Elektr-mashinaviy o‘zgartgichlar (masalan, o‘zgaruvchan tok chastotasini va fazalar sonini o‘zgartira oladigan) va kam quvvatli elektr signallar vositasida nisbatan katta quvvatli ob’ektlarni boshqarishga imkon beruvchi elektr-mashinaviy kuchaytirgichlar ham EMO‘ hisoblanadi.
Sanoat elektronikasining jadal ravishda rivojlanishi tufayli yarim o‘tkazgich (tranzistor, tiristor)li o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlar sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Natijada elektr-mashinaviy o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlarni amalda qo‘llash sohalari ancha kamaygan.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin