U. T. Berdiev


Uch fazali transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə7/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Uch fazali transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari.
Uch fazali tok va kuchlanishlarni magnit o‘tkazgichi umumiy bo‘lgan bitta uch sterjenli uch fazali transformator vositasida o‘zgartiriladi. Agar uchta bir fazali transformatorni 2.1,a-rasmda ko‘rsatilgandek joylashtirilsa, unda magnit o‘tkazgichning o‘zaklarini konstruktiv jihatdan bitta umumiy o‘zakka almashtirish mumkin. Uch fazali tizimda sinusoidal magnit oqimlar oniy qiymatlarining yig‘indisi nolga teng bo‘lganligidan umumiy o‘zakda magnit oqimi bo‘lmaydi, shuning uchun bu o‘zakka zarurat ham qolmaydi.
Mazkur konstruksiyani soddalashtirish uchun uchta sterjenni bitta te-kislikka joylashtirib, ustki va ostki yarmolar bilan ulansa, uch fazali uchta sterjenli yassi shaklli magnit o‘tkazgich hosil bo‘ladi (2.1,c-rasm). Barcha o‘zak va yarmolarning bo‘ylama o‘qlari bitta tekislikda joylashgan bo‘lsa, transformator magnit o‘tkazgichini yassi shaklli (2.1,c-rasm), agar har xil tekisliklarda joylashgan bo‘lsa – fazoviy shaklli deyiladi (2.1,b va 2.3-rasmlar). O’zaklarning yarmolar bilan birikishiga ko‘ra magnit tizimlar sterjenli, zirh-sterjenli va zirhli turlarga bo‘linadi. Amaliyot uchun muhim ma’lumot. Bitta uch fazali transformatorni tayyorlash va ishlatish uchun o‘rnatish, xuddi shunday ishlarni uch fazali transformator quvvatiga teng keladigan uchta bir fazali kuch transfor-matorlari uchun ketadigan xarajatning kam bo‘lganligi va uch fazali transformatorning massasi uchta bir fazali transformatorlar massasining yig‘indisidan 3035 foiz kamligi hamda uch fazali transformator ishda va unga xizmat ko‘rsatishda iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lganligi sababli yassi shakldagi magnit o‘tkazgichli uch fazali «sterjenli» kuch transformator-lari amalda keng qo‘llaniladi.

2.1-rasm. Magnit tizimi umumiy bo‘lgan uch fazali transformator konstruksiyasining hosil qilinishiga oid chizmalar: a – uchta bir xil bir fazali transfor-matorlarning joylashtirilishi (bunda Um.o'z – umumiy o‘zak); b – uch fazali simmetrik transformatorning fazoviy konstruksiyasi; c – fazoviy konstruksiyani o‘zgartirib hosil qilingan yassi shakldagi magnit o‘tkazgichli uch fazali transformator



Magnit tizimi uchta faza uchun umumiy bo‘lgan kuch transformatorlari massasining yoki tashqi o‘lchamlarining haddan tashqari kattaligi tufayli temir yo‘lda tashish va ishlatish uchun o‘rnatishda texnik imkoniyatlar chegaralangan bo‘lgani uchun energetika tizimida guruhlangan transformator ham ishlatiladi (2.2-rasm).
O‘zaklarni yarmolar bilan birlashtirish usuliga ko‘ra magnit o‘tkazgichlar tutashgan va taxlangan turlarga bo‘linadi. Tutashgan magnit o‘tkagichda o‘zaklar va yarmolar alohida-alohida yig‘ilib, so‘ngra o‘zaro bir butun qilib tutashtiriladi. Taxlangan magnit o‘tkazgichda o‘zak va yarmo plastinalarini yig‘ishda tutashgan magnit o‘tkazgichiga nisbatan nomagnit havo oraliqlarining ancha kamligi natijasida salt ishlash tokining keskin kamayishi uning afzalligidir.

Amalda fazoviy shaklli magnit tizimlari ham qo‘llanilmoqda (2.3-rasm). Bunday magnit tizimning yarmosidagi magnit oqim Fya Fo′z bo‘lganligidan uning ko‘ndalang kesim yuzasini o‘zaknikiga nisbatan marta kamaytirish mumkinligi tejamli hisoblanadi. Chulg‘amni o‘rash texnologik jarayonining murakkabligidan bu magnit tizimni qo‘llash, quvvati 630 kVA gacha bo‘lgan kuch transformatorlari bilan cheklangandir.



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin