U. T. Berdiev


Fazaviy chulg‘amning o‘ralish yo‘nalishini aniqlash



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə10/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Fazaviy chulg‘amning o‘ralish yo‘nalishini aniqlash. Transformator fazaviy chulg‘amlarining o‘ralish yo‘nalishini aniqlash va ularning uchlarini belgilash amaliyot uchun katta ahamiyatga egadir. Amaliyot uchun tavsiyalar. O‘ralish yo‘nalishini aniqlashda fazaviy chulg‘amni oddiy g‘altak deb qaraladi. G‘altaklar o‘ng va chap yo‘nalishlarda o‘ralishi mumkin. Transformator fazaviy chulg‘amlarining o‘ralish yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash bir fazali kuch transformatorlarining har xil o‘zaklarida joylashgan chulg‘am qismlarini to‘g‘ri ulashda va uch fazali transformator chulg‘amlarining berilgan ulanish guruhini olishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. G‘altak uchlarining belgilanishini o‘zaro almashtirish uning o‘ralish yo‘nalishini teskariga o‘zgartirish bilan bir xildir. Chulg‘am uchlarining belgilanishini tajribada tekshirish. Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhini aniqlashda fazaviy chulg‘am uchlari belgilanishini tekshirish muhim ahamiyatga egadir. Buni aniqlash uchun dastlab YuK chulg‘amni «yulduz» sxemasi bo‘yicha ulab (2.8,a-rasm), BY fazaviy chulg‘amga pasaytirilgan o‘zgaruvchan tok kuchlanishi beriladi va UBY, EAX, UAB, UBC kuchlanishlar va EYuK lar o‘lchanadi.

2.8-rasm. Transformatorning YuK chulg‘ami uchlari to‘g‘ri (a) va noto‘g‘ri (b) belgilangan uchun hamda chulg‘am uchlari belgilanishini tajribada tekshirish uchun (c) sxemalar


Bu holda magnit o‘tkazgichning chekka o‘zaklaridagi magnit oqim o‘rta o‘zak magnit oqimining yarmiga teng, demak, AX va CZ fazaviy chulg‘amlarda hosil bo‘lgan EYuK miqdor jihatdan o‘rta o‘zakdagi BY fazaviy chulg‘am EYuK ning («kuchlanishi»ning desa ham bo‘ladi, chunki UBY EBY) yarmiga teng. Chulg‘am uchlari to‘g‘ri ulanganda A va V yoki V va S klemmalariga ulangan voltmetr o‘rta (BY) va chekkadagi fazaviy chulg‘amlardan birontasi (AX yoki CZ) da hosil bo‘lgan EYuK (kuchlanish)larning yig‘indisini, ya’ni UAB= UBC= =UBY ga teng bo‘lgan kuchlanishni ko‘rsatadi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin