3.2§.Uch fazali transformatorlar salt ishlash rejimining o‘ziga xos xususiyatlari 3.1-bandda bayon qilingan umumiy maqsadli bir fazali transformatorning nazariyasi uch fazalida ham simmetrik rejimi uchun asos bo‘la oladi. Umumiy holda transformator chulg‘amlaridagi EYuK va toklarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi nosinusoidal bo‘lganligidan quyidagi tahlillarda 1-garmonika va yuqori garmonikalardan eng katta qiymatga ega bo‘lgani faqat 3-garmonikaning ta’siri ko‘rib chiqiladi. [Izoh: garmonikalar tartibini kichik qavs ichiga olingan «(1)» yoki «(3)» indekslar orqali belgilangan].
E YuK ning birinchi garmonikalari:
va 3-garmonikalari:
(3.13) dan ko‘rinishicha, EYuK larning 3-garmonikalari barcha fazalarda qiymat jihatdan o‘zaro teng va bir xil yo‘nalgan ekan. EYuK 3-garmonikasining transformator ishiga ta’siri fazaviy chulg‘amlarining ulanish sxemasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar uch fazali transformatorning birlamchi (masalan, YuK ) chulg‘ami «yulduz» sxemasiga ulangan bo‘lsa fazaviy EYuK larining 3-garmonikasi liniyaviy EYuK larining 3-garmonikasini hosil qilmaydi, chunki «yulduz» sxemasida uchinchi va uch karrali garmonikalar «yulduz»ni tashkil etuvchi ikkita [1) A-X-Y-B va 2) B-Y-Z-C] konturning har bittasida o‘zaro qarama-qarshi ta’sir qiladi, ya’ni fazaviy EYuK larining 3-garmonikalari uchta fazada ham bir xil yo‘nalgan bo‘lgani uchun ulardan istalgan juftining ayirmasi 0 ga teng bo‘ladi. Transformator liniyaviy EYuK larining o‘zgarish egriligida 3-garmonikalar bo‘lmaganligidan, ular liniyaviy kuchlanish U1 larning vaqt bo‘yicha o‘zgarish shaklida ham, binobarin, liniyaviy (I1) va fazaviy (If1) toklarining o‘zgarish shaklida ham bo‘lmaydi.
Magnitlovchi tok I0.r ning vaqt bo‘yicha o‘zgarish shaklida 3-garmonika (I0.r(3)) ning yo‘qligi uni sinusoidal shaklga yaqinlashtiradi, chunki 5 va 7-garmonikalarning amplitudasi 1-garmonika amplitudasiga nisbatan ancha kichik hamda 5-garmonika teskari ketma-ketlikni hosil qiladi. Bu hol magnit oqimi F ning vaqt bo‘yicha o‘zgarish shaklini nosinusoidal qiladi, ya’ni uning tarkibida 3-garmonika bo‘ladi. 3-garmonika magnit oqimlari faza jihatdan bir-biriga mos yo‘nalganligi tufayli uch sterjenli magnit o‘tkazgichda tutasha olmaydi. Bu oqimlar transformatorni sovitish sifatida ishlatiladigan muhit orqali va transformator bakining metall devorlari orqali tutashadi. Ular o‘tadigan yo‘lning magnit qarshiligi katta bo‘lganligi tufayli qiymati kichik bo‘ladi. Magnit oqimining 3-garmonikasi F0(3) transformator baki devorlarida uyurma tokni vujudga keltirib qo‘shimcha isroflarni hosil qiladi. Masalan, magnit induksiya V 1,4 Tl bo‘lsa bu isroflar magnit o‘tkazgichdagi isroflarning 10 foizini, B 1,6 Tl bo‘lganda esa 5065 foizini tashkil qilib, bu holdagi transformatorning ortiqcha qizishi amaliyot uchun salbiy holdir.
Uch fazali transformatorning birlamchi chulg‘ami «uchburchak» sxemasiga ulanganda EYuK ning 3-garmonikalari uchta fazaviy chulg‘amda ham mos ta’sir etib, shu chulg‘amlarning berk konturida tokning 3-garmonikasini hosil qiladi. Salt ishlash tokida 3-garmonika bo‘lsa, u holda magnit oqimining o‘zgarish shakli va, binobarin, E1 va E2 EYuK larning vaqt bo‘yicha o‘zgarish shakli sinusoidaga yaqinlashadi.