U. T. Berdiev


Doimiy magnitli sinxron motorlar



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə121/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Doimiy magnitli sinxron motorlar. Bunday sinxron motorlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda qo‘zg‘atish magnit maydonini hosil qilish uchun rotorda doimiy magnitlar joylashtiriladi. Ular motorni sinxronizmga kiritish vazifasini, qisqa tutashgan chulg‘am esa sinxron motorni asinxron usulda ishga tushirish vazifasini bajaradi. Konstruksiyasining soddaligi, kontakt halqalarining bo‘lmasligi (ya’ni kontaksizligi), FIK ning nisbatan katta bo‘lishi, qo‘zg‘atish chulg‘ami bo‘lmaganidan elektr isroflarining kamligi hamda mashinada magnit maydon hosil qilish uchun o‘zgarmas tok manbasiga zaruratning yo‘qligi bunday momotorlarning afzalligi hisoblanib, magnit maydonini boshqarishning qiyinligi, narxining nisbatan qimmatligi ularning kamchiligidir.
25.6,a-rasmda doimiy magnitlarning rotorda radial joylashishi, 25.6,b-rasmda esa aksial joylashishi ko‘rsatilgan. Bu motor sinxron usulda ishga tushirilganda asinxron momentdan tashqari yana tormozlovchi moment ham hosil bo‘ladi (25.6,c-rasm).



25.6–rasm. Doyimiy magnit rotorda radial joylashgan (а) va aksial, ya’ni mashina o’qi bo’yicha joylashgan (b) sinxron motorlar (bularda: 1 – stator; 2 – qisqa tutashgan, ya’ni ishga tushirish chulg’ami; 3 – doyimiy magnitlar hamda) hamda sinxron motorni ishga tushirishda elektromagnit momentlarning o’zgarishlari grafigi (s) (bunda: Maasinxron moment; Mt – tormozlovchi moment; Mnatnatijaviy moment; Ms.k.nat– natijaviy momentning motorni sinxronizmga kiritish qiymati; Ms.k.a – asinxron momentning sinxron motorni sinxronizmga kiritish qiymati

Tormozlovchi moment rotor qutblarida hosil bo‘lgan magnit maydoni bilan shu maydon hosil qilgan statordagi tokning ta’sirlashishi natijasida vujudga keladi. Doimiy magnitli sinxron motorlarning energetik ko‘rsatkichlari yaxshi, yuklanish qobiliyati yuqori va aylanish chastotasi barqaror bo‘ladi. Bunday sinxron mikromotorlar avtomatikada keng ishlatiladi.


Nazorat savollari
1. Induktorli generator haqida ma’lumot bering.
2. Reaktiv sinxron motorning ishlash prinsipi to‘g‘risida ma’lumot bering.
3. Doimiy magnitli sinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipini gapiring.


Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin