26.5§. To‘lqinsimon chulg‘amlar Oddiy to‘lqinsimon chulg‘am. To‘lqinsimon chulg‘amlar turli qutblar ostida joylashgan seksiyalarni ketma-ket ulash natijasida hosil bo‘ladi, shuning uchun ularni ketma-ket chulg‘amlar deyiladi. To‘lqinsimon chulg‘amlar o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, seksiyalarning uchlari sirtmoqsimon chulg‘amlardagidek qo‘shni kollektor plastinalariga emas, balki taxminan (2) ga teng masofada joylashgan ikki kollektor plastinasiga ulanadi. Yakorni bir aylanib chiqishda mashinada qancha juft qutblar « p » bo‘lsa, shuncha seksiya joylashtiriladi. To‘lqinsimon chulg‘amning seksiyalari bir o‘ramli va ko‘p o‘ramli (2 va undan ortiq) bo‘lishi mumkin.
Oddiy (bir yo‘lli) to‘lqinsimon chulg‘amlar uchun chulg‘amning natijaviy qadami « y » kollektor bo‘yicha qadami « yk» ga teng bo‘ladi:
yk = y = (K 1)/p = (ypZ 1)/p, (26.19)
bu yerda K – kollektor plastinalari soni; p – mashina juft qutblari soni.
(26.19) formuladagi minus « – » ishora yakor seksiyalari va kollektor plastinalarini ulash jarayonida yakor bo‘yicha bir marta aylangandagi oxirgi kollektor plastinasi 1-plastinadan chapda joylashganini bildiradi. Shuning uchun manfiy ishora chap yo‘lli chulg‘amga, musbat ishora esa o‘ng yo‘lli chulg‘amga mos keladi. O‘ng yo‘lli chulg‘am tayyorlashda mis ko‘proq sarf bo‘lganligi sababli, amalda chap yo‘lli to‘lqinsimon chulg‘amlar qo‘llaniladi. Simmetrik to‘lqinsimon chulg‘amda yk =y qadam butun sondan iborat bo‘lishi kerak. Bu shartga rioya qilish uchun (26.19) formula « p » juft bo‘lganida K toq bo‘lishi kerak va aksincha. Juft qutblar soni p = 2 bo‘lganida yp faqat toq son bo‘lishi kerak.
To‘lqinsimon chulg‘amning birinchi qadami y1, sirtmoqsimon chulg‘amdagidek, (26.6) formula bilan aniqlanadi, ya’ni y1 = Ze/(2p) .
To‘lqinsimon chulg‘amning ikkinchi qadami y2 quyidagicha hisoblanadi:
y2 = y – y1. (26.20)
Quyida oddiy ikki qatlamli to‘lqinsimon chulg‘amni ko‘rib chiqamiz.
26.2–m i s o l. Yakor chulg‘amining berilgan qiymatlari: Z=Ze=S=K = 17, yp= 1, 2p = 4. Ulanish turi – oddiy chap yo‘lli to‘lqinsimon chulg‘am. Seksiyalar bir o‘ramli. Chulg‘amning sxemasini va parallel shoxobchalari sxemasini chizish talab qilinadi.
Chulg‘am qadamlarini hisoblashda (26.6), (26.19) va (26.20) lardan foydalaniladi, ya’ni: y1 = Zp / (2p) = 17 / 4 – 1 / 4 = 4;
yk = y = (K–1)/p = (17–1) / 2 = 8; y2 = y –y1 = 8 – 4 = 4.
To‘lqinsimon chulg‘amlarda cho‘tka va qutblarni joylashtirish tartibi sirtmoqsimon chulg‘amlardagidan bir oz farq qiladi. To‘lqinsimon chulg‘amlarda cho‘tkalar qutblarga nisbatan simmetrik joylashgan seksiyalarni qisqa tutashtirishi shartini aniq bajarish mumkin emas, chunki cho‘tkalar bilan qisqa tutashtirilgan ayrim seksiyalar bu yerda magnit maydonida bir oz siljib qoladi va, binobarin, ular ayni bir vaqtda qutblarga nisbatan simmetrik joylasha olmaydi. Shu boisdan quyidagi usul tavsiya etiladi: qutblardan ixtiyoriysini birinchi aylanib o‘tiladigan yo‘lning boshi va oxiriga nisbatan simmetrik joylashishi zarur.
Demak, berilgan misolda bitta cho‘tka 17 va 1-plastinalar orasida o‘rnatilishi kerak. Qolgan qutblari ham shu tarzda 1-misoldagidek chiziladi va ularning o‘rtasiga boshqa cho‘tkalar qo‘yib chiqiladi. Qutb va cho‘tkalarning yakorga nisbatan bunday joylashuvi vaqtning faqat bir oniga to‘g‘ri keladi, seksiya o‘tkazgichlaridagi tokning yo‘nalishi esa mashinaning generator rejimida ishlashini va aylanish yo‘nalishi soat strelkasiga teskari yo‘nalganligini hisobga olib ko‘rsatilgan.
Oddiy to‘lqinsimon chulg‘am parallel shoxobchalarini ulash elektr sxemasini qurish 26.1-misoldagidek (26.3-bandga qarang) amalga oshiriladi.
Oddiy to‘lqinsimon chulg‘am juft qutblar soni «p» ning qiymatidan qat’iy nazar ikkita parallel shoxobchaga ega:
2 a = 2. (26.21)
Har qaysi cho‘tkaga to‘g‘ri keladigan tokni kamaytirish va kollektorning uzunligini qisqartirish uchun (bunda misdan tejaladi) cho‘tkalarning to‘la soni qutblar soniga teng qilib olinadi. Mashina klemmalaridagi kuchlanish bir parallel shoxobchaning EYuK bilan aniqlanadi.
Oddiy to‘lqinsimon chulg‘amlarda har qaysi parallel shoxobchaning sektsiyalari mashinaning hamma qutblari ostida bir tekis taqsimlangani uchun chulg‘amlarni 1-tur tenglashtiruvchi ulanishlarsiz tayyorlashga imkon beradi.