U. T. Berdiev


Qisqa tutashuv xarakteristikasi (QTX)



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə137/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Qisqa tutashuv xarakteristikasi (QTX). Bu xarakteristika – yakor chulg‘ami qisqa tutashtirilib (demak, Ua= 0), aylanish chastotasini n  nN  =const bo‘lgandagi Ia  f(Iqoz) bog‘liqlikni ifodalaydi.
QTX ni tajribada qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qiladigan magnit oqimining yo‘nalishi Fqol yo‘nalishi bilan mos tushgan hol uchun oladilar. Bu holda qo‘zg‘atish tokini 0 dan boshlab oshirganda qisqa tutashuv (QT) toki Iqt bironta a nuqtadan to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda oshadi (29.2-rasm). Iqoz  0 bo‘lganda ham yakor zanjiridan Iqt 0a tok o‘tadi. Bu tok Фqol yakor chulg‘amida vujudga keltirgan kichik qiymatdagi EYuK Eqol hisobiga hosil bo‘ladi. Odatda yakor tokining yo‘l qo‘yilgan qiymatlarida QTX deyarli to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi.
Agar cho‘tka bilan kollektor orasidagi o‘zgaruvchan kontakt qarshiligini e’tiborga olmasak (bunda Ra  const) QT toki Iqt EYuK Ea ga, magnit tizim to‘yinmaganligi uchun bu tok (Iqt) qo‘zg‘atish tokiga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgarar ekan (Iqt  Iqoz).
Tashqi va rostlash xarakteristikalari. Generatorni ishlatishdagi asosiy ish jarayonni belgilovchi xarakteristika – tashqi xarakteristikadir. Odatda, generatorlarga nisbatan qo‘yiladigan talab (payvandlash generatorlaridan tashqari) umumiy bo‘lib, ularning qo‘zg‘atish toki Iqoz  const bo‘lganda, yuklama tokining qiymati 0 dan yo‘l qo‘yilgan qiymatgacha o‘zgarganda, generatorlarning chiqish klemmalaridagi kuchlanishi nominal qiymatidan mumkin qadar kam o‘zgarishi amaliyot uchun muhimdir.
Tashqi xarakteristika – qo‘zg‘atish toki IqozN const va yakorning aylanish chastotasi nN  const bo‘lganda Ua  f (Ia) bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristikani ahamiyatga ega bo‘lgan ikkita hol uchun tahlil qilish foydalidir: 1) salt ishlash rejimda (Ia0) yakor chulg‘amida hosil bo‘lgan EYuK ning qiymati E0  UN ga to‘g‘ri kelgan qo‘zg‘atish toki Iqoz.N  const bo‘lganda yuklama tokini oshirib olish (29.3,a-rasm, 2);
2) yakor chulg‘amining toki Ia  IN va kuchlanishi UN bo‘lganda qo‘zg‘atish tokini Iqoz.N const qilib, yuklama tokini kamaytirib olish (29.3,a- rasm, 1).
Tashqi xarakteristikani tajribada yuklama tokini Ia  0 dan Ia  IN gacha oshirib olinganda, generator chiqish klemmalaridagi kuchlanishi, yakor reaktsiyasi magnitsizlovchi ta’sirining va yakor zanjiridagi qarshiliklarda kuchlanish pasayishi tufayli bir oz kamayadi (2-egri chiziq). Tashqi xarakteristika egri chizig‘ining shakliga yuklama toki tufayli magnit zanjiri to‘yinish darajasining o‘zgarishi ham sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, generatorning kuchlanishi (Ua), natijaviy magnit oqimiga bog‘liq ravishda o‘zgaradigan Ea, yakor zanjiridagi (IaRa) hamda cho‘tkalarda bo‘ladigan (Uch) kuchlanish pasayishlari bilan aniqlanadi:
Ua  Ea– IaRa– Uch. (29.1)
Yuklama toki oshirilganda yakor reaksiyasining mashina asosiy maydoniga bo‘lgan magnitsizlovchi ta’siri ortadi. Qo‘zg‘atish toki Iqoz  const bo‘lganligidan, generatorning natijaviy magnit oqimi, demak, EYuK Ea ham bir oz kamayadi. Tashqi xarakteristikani tajribada olishda davlat standarti tavsiyasi qo‘yidagicha: yakorning aylanish chastotasi n nN va qo‘zg‘atish tokini Iqoz.N = const holda saqlab, yuklama toki Ia ni nominal qiymatidan 0 gacha kamaytirib olish lozim. Yuklama toki kamaya borgan sari, ko‘ndalang yakor reaksiyasi ta’sirining susayishi va yakor zanjirida kuchlanish pasayishi IaRa ning kamayishi tufayli, yakor chulg‘ami chiqish klemmalaridagi kuchlanish tobora oshadi (29.3,a-rasm, 1).

Tashqi xarakteristika yuklamani oshirib olinganda kuchlanish pasayuvi quyidagicha aniqlanadi:
U%100 (UN –Ua)  UN , (29.2)
bunda UN – yakor toki Ia  IN bo‘lganda generator chiqish klemmalaridagi nol kuchlanish.
Kompensatsion chulg‘ami bo‘lmagan o‘rta quvvatli mashinalarda kuchlanishning oshishi, odatda (510) foizni tashkil qiladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin