U. T. Berdiev


§. Parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi va normal rejimdagi xarakteristikalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə139/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

29.2§. Parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi va normal rejimdagi xarakteristikalari
Parallel qo‘zg‘atishli generatorlarning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi (demak, qo‘zg‘atish uchun alohida O‘T manbai talab qilinmasligi) hamda normal yuklamada turg‘un kuchlanish berishi sababli ular amalda keng qo‘llaniladi.
Salt ishlash xarakteristikasi. Bunday generatorning SIX, mustaqil qo‘zg‘atishli O‘T generatorinikiga o‘xshagan bo‘lib, yuklama toki Ia0 va yakorning aylanish chastotasi nN  const bo‘lganda, U0= f (Iqoz) bog‘liqlikni ifodalaydi. Parallel qo‘zg‘atishli generatorning, salt ishlashida Ia  Iqoz bo‘ladi (mustaqil qo‘zg‘atishlida esa yakor toki Ia 0).
Qo‘zg‘atish toki Iqoz , odatda, yakor zanjiri nominal toki IaN ning (24) foizini tashkil qilgani uchun, O‘T generatori kuchlanishi muvozanat tenglamasi (29.1)da kuchlanish pasayishlari (IaRa va Uch) kichikligidan ularni e’tiborga olmasdan, U0  E0 deb hisoblasa bo‘ladi.
Parallel qo‘zg‘atishli generatorning SIX ni tajriba yo‘li bilan, kuchlanish U0 va qo‘zg‘atish toki Iqoz larning faqat musbat qiymatlari uchun aniqlab olish mumkin, chunki qo‘zg‘atish tokining ishorasini o‘zgartirganda, generatorning kuchlanishi U0 o‘zining 0 qiymati orqali o‘tadi va, buning natijasida, mashina magnit zanjirining po‘lat qismlaridagi qoldiq magnit oqimi yo‘qoladi va mashina o‘z-o‘zini qayta qo‘zg‘atish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Parallel qo‘zg‘atishli generatorning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni. Zavod sinovidan o‘tgan har qanday O‘T mashinasi magnit zanjirining po‘lat qismlarida qoldiq magnit oqimi Фqol mavjud bo‘ladi. Agar shunday magnit oqimi mashinada bo‘lmasa, uni hosil qilish uchun tashqi O‘T manbaini qo‘zg‘atish chulg‘amiga ulab qisqa muddatli tok o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Agar yakor birlamchi motor yordamida aylantirilsa, uning chulg‘amida Фqol ta’sirida, dastlab kam miqdorda EYuK (Eqol) hosil bo‘lib, uning ta’sirida ”yakor chulg‘ami–qo‘zg‘atish chulg‘ami“ yopiq zanjirida kam miqdorda tok vujudga keladi. Bu tok, o‘z navbatida, qo‘zg‘atish chulg‘amida MYuK Fqoz ni hosil qilib, uning ta’sirida qo‘shimcha magnit oqimi Фqoz. hosil bo‘ladi. Mashina o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish uchun bu oqimning Фqol ga nisbatan yo‘nalishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar bu oqimlarning yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lsa, mashinaning magnit zanjiri magnitsizlanadi va o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni boshlanishga imkon bo‘lmaydi. Bu oqimlar mos yo‘nalgandagina qo‘zg‘atish oqimining natijaviy qiymati osha boradi. Bu esa yakor chulg‘amidagi EYuK ning ko‘payishiga, demak, qo‘zg‘atish toki Iqoz va oqimi Фqoz larning oshishiga hamda yakor chulg‘ami EYuK ning navbatdagi oshishiga olib keladi va hokazo. Agar rqoz const bo‘lsa, qo‘zg‘atish zanjiridagi kuchlanish pasayishi (Iqozrqoz) qo‘zg‘atish tokiga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgaradi (29.4-rasm, 1). Bu to‘g‘ri chiziq absissalar o‘qi bilan  burchak hosil qilib o‘tadi. Bu burchakni uning tangensi orqali qo‘yidagicha aniqlanadi:
tg   (mumI)AB OB  (mumI)(Iqozrqoz )Iqoz rqoz. (29.3)
Demak, mashina salt ishlashida o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayonining tugagan nuqtasi ”A“ va koordinatalar boshi 0 orqali o‘tgan to‘g‘ri chiziqning abctsissalar o‘qiga nisbatan qiyalik burchagi qo‘zg‘atish zanjirining qarshiligi rqoz ga to‘g‘ri mutanosibda bo‘lar ekan. rqoz ning ortishi bilan 29.4-rasmdagi A nuqta SIX egri chizig‘i bo‘yicha 0 nuqta tomon siljiydi. rqoz ning 1-to‘g‘ri chiziqqa to‘g‘ri kelgan qiymatidan katta bo‘lgan qandaydir qiymatda to‘g‘ri chiziq SIX egri chizig‘ining boshlang‘ich qismiga urinma (29.4-rasm, 3) bo‘ladi. Qarshilikning ana shu qiymatiga kritik qarshilik (rqoz.kr) deyiladi. Bunda generator o‘z-o‘zini qo‘zg‘ata olmaydi.

Agar qo‘zg‘atish zanjiri parametrlari rqoz<.rqoz.kr bo‘ladigan qilib tanlangan bo‘lsa, unda «A» nuqtada o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayonining turg‘unligi ta’minlanadi. O‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayonining «A» nuqta bilan cheklanishi magnit zanjirining to‘yinishi hodisasi tufayli bo‘ladi. Demak, parallel qo‘zg‘atishli O‘T generatori o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak ekan: 1) qoldiq magnit oqimi Фqol ning mavjud bo‘lishi; 2) qo‘shimcha magnit oqimi Фqosh qoldiq magnit oqimi Фqol bilan bir xil yo‘nalishda bo‘lishi; 3) qo‘zg‘atish zanjirining qarshiligi rqoz kritik qarshilik rqoz.kr dan kichik bo‘lishi (rqoz  rqoz. kr ).
Bu shartlar n  const (n  nkr) bo‘lgandagi parallel qo‘zg‘atishli O‘T ge-neratori o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishining asosiy shartlari hisoblanadi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin