U. T. Berdiev


§. Aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining xarakteristikalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə141/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

29.3§. Aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining xarakteristikalari
Bu turdagi generatorning ikkita qo‘zg‘atish chulg‘ami bo‘lib, ulardan biri yakor chulg‘amiga parallel qilib, ikkinchisi esa unga ketma-ket qilib ulanadi. Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami faqat aralash qo‘zg‘atishli generatorlarda yaxshi samara beradi. Parallel (FSh) va ketma-ket (FS) qo‘zg‘atish chulg‘amlari hosil qilgan MYuK larning birgalikdagi ta’siridan umumiy qo‘zg‘atish oqimi Fqoz vujudga keltiriladi. Ko‘pincha qo‘zg‘atish chulg‘amlari, ular hosil qilgan magnit oqimlari bir xil yo‘naladigan qilib ulanadilar. Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor reaksiyasi MYuK ni va yakor zanjirida kuchlanish pasayuvi (IaRa) ni kompensatsiyalaydi. Shu tarzda generator klemmalaridagi kuchlanishni avtomatik ravishda rostlashga erishiladi.

Aralash qo‘zg‘atishli generatorlar magnit zanjirining to‘yinish darajasi kam bo‘lgan mashinalar turiga kiradi.
Tashqi xarakteristikasi. Bu xarakteristika, parallel qo‘zg‘atish zanjiridagi qarshilik rqozconst va n nN const bo‘lganda Ua  f (Ia) bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristika, normal ishlatish xarakteristikasi bo‘lganligidan uning tahlili katta ahamiyatga egadir.
Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amining o‘ramlar soni shunday tanlanadiki, u hosil qilgan MYuK yakor reaksiyasini va yakor zanjirida kuchlanish pasayishini, Ia  IN qiymatda bartaraf qilsin (29.6-rasm). Ammo, ko‘pincha generator klemmalaridagi kuchlanishni bir xil qilish talab qilinmay (29.7-rasm,1), balki elektr energiya iste’molchilaridagi kuchlanishning qiymati UN=const bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun, qo‘shimcha ravishda liniya simlaridagi kuchlanish pasayishini ham bartaraf qilish kerak bo‘ladi. Buning uchun ketma-ket qo‘zg‘atishli chulg‘amning o‘ramlari w oshiriladi (29.6-rasm, 2).
Bu rasmda har xil qo‘zg‘atishli (ketma-ket qo‘zg‘atishlidan boshqa) o‘zgar-mas tok generatorlarining yuklamasi oshirib olingan tashqi xarakteristikalari taqqoslangan. Parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlari qarama-qarshi ulangan hol (29.6-rasm, 4) payvandlash generatorlarida ishlatiladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin