U. T. Berdiev


§. O‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə144/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

31.2§. O‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish
Ishga tushirish jarayoni quyidagilar bilan, ya’ni: a) ishga tushirish tokining karrali (Ii.t/IN); b) ishga tushirish momentining karrali (Mi.t /MN); v) ishga tushirish jarayonining ravonligi; g) ishga tushirish davri ti.t; d) ishga tushirish uskunalarining tannarxi va energiya sarflari bilan xarakterlanadi.
O‘TM larini ishga tushirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi: 1) bevosita («reostatsiz») ishga tushirish, bunda yakor chulg‘ami to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni reostatsiz elektr tarmog‘iga ulanadi. 2) reostatli ishga tushirish, bunda tokning qiymatini cheklash maqsadida yakor zanjiriga ketma-ket qilib maxsus ishga tushirish reostati yoki qo‘shimcha qarshilik ulanadi. 3) maxsus ishga tushirish agregati yordamida ishga tushirish (bunda yakor chulg‘amiga beriladigan kuchlanishni ravon oshirish ko‘zda tutiladi).
a) O‘TMni bevosita ishga tushirish. Dastlabki paytda motorning aylanish chastotasi n = 0 bo‘lganligidan, yakor chulg‘ami EYuK Ea=0 bo‘lib, yakor chulg‘amining toki quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Ii.t= U/Ra . (30.8)
Yakor zanjiri qarshiligi ra ning qiymati kichik bo‘lganligidan ishga tushirish toki nominal tokka nisbatan 1020 marta katta bo‘lib, mashina kollektorida kuchli uchqun chiqishiga olib keladi va zarbiy moment hosil bo‘ladi. Bu hol O‘TM ulangan tarmoq uchun ham, motorning valiga ulangan mexanizm uchun ham zararlidir. Shu sababli O‘TM ni bevosita ishga tushirish usuli faqat kichik quvvatli elektr motorlarida qo‘llaniladi, chunki bunday EMlarida yakor chulg‘ami qarshiligi ra ning qiymati nisbatan katta bo‘ladi (chunki qarshilik ra ning qiymati simning kesim yuzasiga teskari mutanosibda bo‘lishligidir).
Hozirgi vaqtda ishga tushirish toki nominal tokdan 68 marta oshganda ham, quvvati 6 kW gacha bo‘lgan O‘TM larini reostatsiz (tezkor avtomatlar qo‘llash yo‘li bilan) ishga tushirish mumkinligi aniqlangan. Bunda aylanish chastotani oshirish jarayoni yakor zanjiriga bir nechta kuchlanish impulsini berib amalga oshiriladi, ya’ni tokning qiymati oldindan belgilangan qiymatga yetganda yoki undan oshganda avtomat yakor zanjirini uzib qo‘yadi va bu tok oldindan belgilangan qiymatga kamayganda avtomat yakor zanjirini tarmoqqa qaytadan ulab beradi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin