U. T. Berdiev


R ostlash xarakteristikasi



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə142/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

R ostlash xarakteristikasi. Bu xarakteristika, Ua UN  const va n  nNconst bo‘lgandagi Iqoz  f (Ia) bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristika aralash qo‘zg‘atishli generatorning tashqi xarakteristikasi ko‘rinishiga bog‘liq bo‘ladi. Generatorning ketma-ket qo‘zg‘atishli chulg‘amining o‘ramlar sonini ko‘proq qilib, ya’ni yuklama toki o‘sishi bilan yakor zanjirining chiqish klemmalaridagi kuchlanishi oshadigan qilib tayyorlansa, unda bu generatorning rostlash xarakteristikasi 29.8-rasmdagi 3-egri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi.
Bu xarakteristikalar, yuklama toki o‘zgarishi bilan, generatorning kuchlanishi U  UN  const bo‘lishi uchun, parallel qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokni qanday o‘zgartirish kerakligini ko‘rsatadi.

Qo‘zg‘atish chulg‘amlari to‘g‘ri yoki teskari ulanganligini yuklanish usuli bilan tekshirish mumkin. Buning uchun salt ishlashda yakorning aylanish chastotasi n  nN bo‘lganda generatorni nominal kuchlanishga qadar qo‘zg‘atiladi va, so‘ngra, uning yuklama tokini oshira boshlaymiz. Agar bunda generator kuchlanishi ozroq ortsa, bu ikki qo‘zg‘atish chulg‘amlari to‘g‘ri ulangan bo‘lib, agarda bu chulg‘amlar teskari ulanganda kuchlanishning kamayishi sezilarli bo‘ladi.


Shuni eslatib o‘tish lozimki, faqat parallel qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning yo‘nalishini o‘zgartirib, qo‘zg‘atish chulg‘amlarning o‘zaro ulanishlarini o‘zgartirib bo‘lmaydi, bunga sabab, parallel qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok yo‘nalishining o‘zgarishi yakor chulg‘amidagi EYuK ning yo‘nalishini o‘zgartiradi, bu esa, o‘z navbatida, yakor tokining va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning ham yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Nazorat savollari
1. O‘zgarmas tok generatori (O‘TG)ning tuzilishi va ishlash prinsipini so‘zlab bering.
2. Mustaqil qo‘zg‘atishli O‘TG ning tashqi va rostlash xarakteristikalarini tahlil qilib bering.
3. Parallel qo‘zg‘atishli O‘TG ning mustaqil qo‘zg‘atishli turidan asosiy afzalligi nimadan iborat?
4. Parallel qo‘zg‘atishli O‘TG ning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni qanday sodir bo‘ladi?
5. Aralash qo‘zg‘atishli O‘TG dagi ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami qanday vazifani bajaradi?
* * *


Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin