U. T. Berdiev


v) Aralash qo‘zg‘atishli motorning ish xarakteristikalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə150/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

v) Aralash qo‘zg‘atishli motorning ish xarakteristikalari. Bunday motorda magnit oqimi Fqo′z parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlari MYuK larining birgalikdagi ta’siridan vujudga keltiriladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amlari MYuK larining o‘zaro nisbati shunday tanlanadiki, bunda bu chulg‘amlardan bittasi mashina qo‘zg‘atish MYuK ning 70 foizini vujudga keltirib, bu chulg‘am asosiy hisoblanadi, ikkinchisi esa, qo‘shimcha qo‘zg‘atish chulg‘ami deyiladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amlarining o‘zaro ulanishiga qarab ularni quyidagi turlarga ajratadilar:
1) mos ulangan aralash qo‘zg‘atishli, bunda parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlari hosil qilgan ЕYuK larining yo‘nalishi bir xil bo‘lib, ular qo‘shiladi (Ф = ФSh + ФC).
2) teskari ulangan aralash qo‘zg‘atishli, bunda ketma-ket va parallel qo‘zg‘atish chulg‘amlari ЕYuK lari teskari yo‘nalgan bo‘lib, natijaviy oqim F yuklama toki oshishi bilan kamayadi (Ф = ФSh − ФC).
Mos ulangan aralash qo‘zg‘atishli motorlarning ish xarakteristikalari (30.6-rasm) parallel qo‘zg‘atishli motorning ish xarakteristikalariga yaqinlashadi. Demak, aralash qo‘zg‘atishli motorning xarakteristikalari parallel va ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlar xarakteristikalari oralig‘ida joylashgan egri chiziqlardan iborat bo‘lar ekan.Aralash qo‘zg‘atishli motorda natijaviy magnit oqim Ф = ФSh  ФC bo‘lganligidan, uning momenti quyidagicha aniqlanadi:
M = CMSh  ФC) ∙ Ia , (30.19)
aylanish chastotasi esa:
n=(U−IàΣRà) / [CÅSh  ФC]. (30.20)

Qo‘zg‘atish chulg‘amlari mos ulanganda yuklamaning oshishi bilan natijaviy oqim F oshadi, shuning uchun uning tezlik xarakteristikaci parallel qo‘zg‘atishli motorlarnikiga nisbatan pasayuvchan bo‘ladi. Agar qo‘zg‘atish chulg‘amlari teskari ulansa, valdagi yukning oshishi bilan tok Ia oshadi va, demak, natijaviy oqim Ф =ФSh − ФC kamayadi. Yuklamaning katta qiymatlarida oqim Ф ancha kamayib ketib, aylanish chastotasi n oshadi, natijada, agar Myu= const va U = UN= const bo‘lsa, tok Ia ning oshishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, motorning magnit oqimini yana ham kamaytirib, uning aylanish chastotasi yanada ko‘proq oshishiga olib keladi va h.k. Amalda motorning yuklamasi 0 dan nominalgacha o‘zgarib turadigan hollarda, uning aylanish chastotasini taxminan bir hil tutib turish lozim bo‘lsa, ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami asosiy (parallel) chulg‘amga teskari qilib ulanadi.



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin