Yakor zanjiriga ketma-ket ulangan qarshilikni o‘zgartirish yo‘li bilan aylanish chastotasini rostlash. Bu holda yakorga beriladigan kuchlanish (Ua) reostatdagi kuchlanish pasayishi tufayli kamayadi. EYuK lar muvozanat tenglamasiga:
Ua− IaRa= Ea (30.26)
asosan, yakor zanjiridagi kuchlanish pasayishi IaRa yakor chulg‘amining EYuK Ea ni kamaytiradi. Magnit oqimining qiymati Ф = const bo‘lganda bu EYuK ning kamayishi aylanish chastotasi n ning kamayishi hisobiga sodir bo‘ladi. Biz tahlil qilib chiqqan usul bilan aylanish chastotasini kamayish tomonga keng ko‘lamda o‘zgartirish mumkin, lekin yakor zanjiriga ulangan rostlash reostatida energiya isroflari katta bo‘lib, bu esa FIK ning kamayishiga olib keladi. O‘TM validan olinayotgan foydali (mexanik) quvvat, burchak aylanish chastota ga bog‘liq bo‘ladi: P2= M2. Foydali moment M2 Myu=const bo‘lganda FIK quyidagi mutanosiblikka ega bo‘ladi:
η = P2/P1 = M2ω/(UaIa) ≡ ω ≡ n . (30.27)
Bundan, FIK aylanish chastotasi n ga to‘g‘ri mutanosibda bo‘lar ekan, demak, aylanish chastotasi kamaygan sari, FIK ham shuncha kam bo‘lar ekan, degan xulosa kelib chiqadi. Shu sababdan yakor zanjiriga qarshilik ulash yo‘li bilan aylanish chastotani rostlash usuli tejamli bo‘lmaydi va bu usul amalda kam qo‘llaniladi (masalan, elektr mikromotorlarida).
Yakor zanjirining uchlaridagi kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan motorning aylanish chastotasini rostlash. (30.12) tenglamaga asosan, O‘TM larining aylanish chastotasi n taxminan unga berilayotgan kuchlanish U ga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgaradi, deyish mumkin. Odatda, O‘TM larining normal ish rejimi nominal kuchlanish UN da kechib, uni kuchlanishning U > UN qiymatlarida ishlatish mumkin emas. Shu sababli ko‘rilayotgan aylanish chastotani rostlash usuli kuchlanishning U< UN qiymatlarida o‘zgartirishga imkon beradi. Bu usulni amalga oshirish uchun O‘TM mustaqil O‘T manbai (masalan, O‘T generatori)dan ta’minlanishi lozim bo‘ladi. Bunday tizimga generator-motor (G-M) tizimi deyiladi. Generator esa birorta boshqa O‘TM bilan aylantiriladi. (G-M) tizimi murakkab, uning tannarxi qimmat va energiya uch karra o‘zgartirilganligi tufayli bu tizimning FIK nisbatan kam (taxminan 0,60,7) bo‘lganligidan, so‘nggi vaqtlarda O‘T generatori o‘rniga boshqariladigan to‘g’rilagich (BT) qo‘llanilib, masalan, prokat stanlarda BT-M tizimi ishlatilmoqda.
Parallel qo‘zg‘atishli motorga beriladigan kuchlanishning har xil o‘zgarmas (U=const) qiymatlaridagi uning tezlik xarakteristikalari − n =f(Ia) abssissalar o‘qiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘ladi.