U. T. Berdiev


Aylantiruvchi momentning o‘zgarishi



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə149/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Aylantiruvchi momentning o‘zgarishi. Agar tahlilni soddalashtirish maqsadida M0 ni e’tiborga olmasak, unda (30.4) va (30.2) ifodalarga asosan quyidagiga ega bo‘lamiz:
M = M0 + M2 ≈ M2 = СMI. (30.15)
Magnit zanjiri to‘yinmagan O‘TM da magnit oqimi Ф qo‘zg‘atish toki Iqo′z ga to‘g‘ri mutanosibda bo‘lganligidan, (30.14) tenglamani hisobga olgan holda momentning ifodasini quyidagicha yozish mumkin:
M = СMKfI2a = С′MI2a . (30.16)
Momentning bunday ifodalanishida M = f (Ia) egri chizig‘ining parabola ko‘rinishiga o‘xshashligidan dalolat beradi. Odatda, valdagi yukning oshishi bilan magnit zanjiri to‘yinib, magnit oqimi Ф  const bo‘ladi. Bu holda ketma-ket qo‘zg‘atishli motor uchun momentni quyidagicha yozamiz:
M = СMФIa = C3Ia , (30.17)
bu yerda C3 = СMФ − o‘zgarmas kattalik.
Ketma-ket qo‘zg‘atishli motor momentining kuchayishi yuklama tokining kvadratiga to‘g‘ri mutanosibligi (M  I2) juda muhim amaliy ahamiyatga ega. Bu ayniqsa, katta qiymatli ishga tushirish momenti talab qilinadigan mexanizmlarda, ya’ni kranlar, metro, tramvay, trolleybus, avtomobillardagi starter va elektrovozlar, shuningdek O‘TM o‘ta yuklanish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan hollarda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Foydali ish koeffitsientining o‘zgarishi –  = f (P2) (30.6-rasm). Ma’lumki, foydali quvvat quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
P2 = U∙Ia∙ . (30.18)
Ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning validagi yuki P2  0,5PN dan P2=1,25PN gacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarganida FIK  ning o‘zgarishi kam bo‘ladi. Ketma-ket qo‘zg‘atishli motorda mexanik va magnit isroflar yig‘indisi valdagi yukka deyarli bog‘liq bo‘lmaydi. Bu quyidagicha tushuntiriladi. Tok Ia ning oshishi bilan magnit oqimi oshadi, bu esa aylanish chastotasi kamayishiga olib keladi, ya’ni bir tomondan magnit isroflar oshsa, ikkinchidan, aylanish chastotasining kamayishidan mexanik isroflar kamayadi; natijada ularning yig‘indisi kam o‘zgaradi. Shu sababdan ketma-ket qo‘zg‘atishli motorda FIK o‘zining maksimal qiymatiga, xuddi parallel qo‘zg‘atishli motorlardagi singari, o‘zgarmas isroflari (salt ishlash isroflari) o‘zgaruvchan isroflarga (elektr isroflariga) teng (P0= I2aRa) bo‘lganda erishadi.
Ma’lumki, ish xarakteristikalari kuchlanishning U= UN = const qiymatida olinadi, shuning uchun O‘TM ga berilayotgan elektr quvvati P1=UIa yuklama toki Ia ga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Demak, P1= f (P2) bog‘liqlik boshqa masshtabda tokning o‘zgarishi Ia= f (P2) ni ko‘rsatadi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin