U. T. Berdiev


Rekuperativli (generatorli) tormozlash



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə157/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Rekuperativli (generatorli) tormozlash. Bu turdagi elektr tormozlanish jarayoni quyidagicha tushuntiriladi. Masalan, yuk krani parallel qo‘zg‘atishli motor bilan yuritilganda pastga tushirilayotgan yuk tufayli O‘TM ning aylanish chastotasi n uning salt ishlashdagi aylanish chastotasi n0 dan ham oshishi mumkin. Bu holda yakor chulg‘amida hosil bo‘lgan EYuK Ea>U bo‘ladi va, demak, tok Ia=(U − Ea) /Ra, o‘zining ishorasini teskariga o‘zgartiradi. Bunga mos ravishda elektromagnit momentning ishorasi ham o‘zgaradi, ya’ni EM generator sifatida elektr tarmog‘i bilan parallel ishlay boshlaydi. Bunda, generatorning aylanayotgan qismlarida to‘plangan kinetik energiyasi elektr energiyaga aylanib elektr tarmog‘iga qaytariladi (rekuperatsiyalanadi). Xuddi shunday rejim transport vositalarining (elektropoezd, trolleybus, tramvay va boshqalar) qiyalikdan pastga qarab qilgan harakatida bo‘lishi mumkin.
G enerator rejimidagi mexanik xarakteristikalar O‘TM rejimidagi xuddi shunday xarakteristikalar – n = f (+M) ning grafikdagi manfiy qiymatli momentlarga mos keladigan n = f (–M) qismidagi davomi bo‘ladi (30.16,a-rasm, II-chorak).
O‘TM ni generator rejimiga o‘tkazib tormozlash boshqa tormozlash usullariga nisbatan eng tejamlisidir, chunki bunda energiya yo‘qolmaydi (dinamik tormozlashda esa energiya isrof bo‘ladi).
Teskari ulash yo‘li bilan (elektromagnit) tormozlash. Bunday tormozlash O‘TM chulg‘amining ulanishi aylanishning bir yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib, yakor esa tashqi yuklamaning tormozlovchi momenti yoki inersiyaning kuchli ta’sirida qarama-qarshi yo‘nalishida aylanadigan holda sodir bo‘ladi. Bunday rejim ikkita usul bilan, ya’ni: 1) ish mexanizmi elektr mashinaning aylantiruvchi momenti ta’sirida aylanayotgan yo‘nalishdan teskari tomonga aylantirilganda va 2) yakor chulg‘ami tokining yo‘nalishini o‘zgartirish yo‘li bilan O‘TM ning aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish jarayonida amalga oshiriladi. 1-rejim, masalan, yukni ko‘tarayotgan O‘TM ning yakor zanjiriga ancha katta qarshilik Rr(a) ni ulaganda sodir bo‘ladi. Aytaylik, parallel qo‘zg‘atishli motor tabiiy mexanik xarakteristikasidagi (1) A nuqtada ishlab, M = Myu= const moment bilan yuk ko‘tarsin (30.16,b-rasm). Qarshilik Rr(a) ni yakor zanjiriga ulaganda O‘TM tabiiy mexanik xarakteristikasidan, shu qarshilikka mos bo‘lgan sun’iy mexanik xarakteristikasiga (2-xarakteristika, «B» nuqta) o‘tadi. Bunda O‘TM ning aylantiruvchi momenti MB< Myu bo‘ladi, shuning uchun ko‘tarishdagi aylanish chastotasi sekinlashadi. Bu holda EYuK Ea kamayadi, tok Ia esa oshadi, bunga mos ravishda moment M ham oshadi. Bu xarakteristikadagi «B» nuqtada hali ham M1< Myu bo‘lganligidan yuk tusha boshlaydi, O‘TM ning rotori esa teskari tomonga aylanadi (30.16,b-rasm, 2-xarakteristikasining IV chorakdagi qismi). Bu holatda EYuK Ea ning yo‘nalishi o‘zgaradi va tarmoq kuchlanishi U ning ishorasi bilan bir xil bo‘lib qoladi. Natijada, yakor toki odatdagi O‘TM rejimidagiga qaraganda oshadi va, endi (U−Ea) ayirma bilan emas, balki (U+Ea) yig‘indi bilan aniqlanadi:
Ia = (U+ Ea) / (∑Ra+ Rr(a)), (30.35)
demak, Rr(a) = 0 bo‘lganda yakor toki Ia haddan tashqari katta qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli tok Ia ning qiymatini cheklash maqsadida yakor zanjiriga nisbatan katta qarshilik (Rr(a) ) ulaydilar. Endi teskari ulash yo‘li bilan tormozlash usulini, ya’ni yakor toki Ia ning yo‘nalishini o‘zgartirish bilan amalga oshiriladigan usulni ko‘rib chiqamiz. Bunday rejim revers qilishda vujudga keladi va bu hol O‘TM ni qisqa vaqt ichida tormozlashda (masalan, kranning surilib yuruvchi qismi – telejkasini tormozlashda) ro‘y beradi. Oldingidek, Myu= const va Iqo′z= const, deb hisoblaymiz. O‘TM ni n1 aylanish chastota va M1 moment bilan «A» nuqtada ishlayotgan bo‘lsin (30.16,b-rasm, 1-xarakteristika). Yakor zanjiriga berilgan kuchlanishning qutbiyligi (ishorasi)ni o‘zgartirganda (ya’ni revers jarayonida) yakor tokining yo‘nalishi, demak, moment M ning yo‘nalishi ham teskariga o‘zgaradi, ya’ni O‘TM da aylanish chastotani susaytiruvchi tormozlash momenti hosil bo‘ladi; aylanish yo‘nalishi, aylanayotgan qismlarning inersiyasi tufayli o‘zgarmasdan qoladi. Shuning uchun O‘TM ning ishi II chorakdagi 3-xarakteristikaning «C» nuqtasiga o‘tadi (30.16,b-rasm). Tormozlash momenti ta’sirida tezlik xarakteristikasi bo‘yicha kamayadi (CD qismi) va «D» nuqtada uning aylanish chastotasi n = 0 bo‘ladi. Agar bu holda ham O‘TM ni tarmoqdan uzilmasa, unda uning aylanish yo‘nalishi o‘zgaradi. Bundan ish III chorakning «F» nuqtasiga o‘tadi va EM motor sifatida ishlab (−M) momenti bilan (M1= Myu= const bo‘lsa) teskari yo‘nalishda aylanadi.
b) Ketma-ket va aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorlarini tormozlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlar uchun elektr tormozlashning ikkita usuli mavjud: 1) dinamik va 2) teskari ulash yo‘li bilan tormozlash. Rekuperativli (generatorli) tormozlashni bu motorlar uchun qo‘llashning iloji yo‘q, chunki bunday holat faqat n > n0(u) (ya’ni Ea > U) bo‘lganda amalga oshishi mumkin (bunday motorlarning aylanish chastotasi hamma vaqt n < n0). Demak, EYuK Ea O‘TM ga berilgan kuchlanish U dan katta bo‘lishiga imkoniyat yo‘q. Ketma-ket qo‘zg‘atishli motor o‘zining ana shunday xususiyati bilan parallel qo‘zg‘atishli motorlardan jiddiy farq qiladi.Hozirgi kunda ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlarni rekuperativ (generator) tormozlash rejimi elektr harakat tarkiblarida keng qo’llanilmoqda. Buning uchun uning qo’zg’atish chulg’ami tormozlash davrida qayta ulagichlar yordamida parallel yoki mustaqil qo’zg’atishga o’tkaziladi.
Aralash qo‘zg‘atishli motorlarning dinamik tormozlanishi ko‘proq fa-at parallel qo‘zg‘atish chulg‘amida amalga oshiriladi (bunda ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami shuntlanadi), chunki bunda energiya ancha tejaladi. Ayrim maxsus hollarda tormozlashni ko‘proq jadallashtirish uchun ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami, uning o‘ramlar sonini o‘zgartirish bilan qo‘shimcha MYuK bilan ta’minlanadi.
Teskari ulash yo‘li bilan tormozlashda ketma-ket qo‘zg‘atishli motorni uning aylanishiga teskari bo‘lgan tomonga aylantirilsa, motor rejimidan tormozlash rejimiga tekis (silliq) o‘tish mumkin.
Nazorat savollari
1. O‘TM ning tuzilishi va ishlash prinsipini gapirib bering.
2. Parallel qo‘zg‘atishli O‘TM ni «reostatli» ishga tushirish jarayonidagi tok, moment va aylanish chastotalarning o‘zgarish xarakteri qanday?
3. Nima uchun ketma-ket qo‘zg‘atishli O‘TM ni yuksiz ishga tushirib bo‘lmaydi?
4. Parallel qo‘zg‘atishli O‘TM ning ish xarakteristikalarini tahlil qilib bering.
5. O‘TM va ish mexanizmining turg‘un ishlash sharti nima bilan xarakterlanadi?
6. O‘TM larining aylanish chastotasini rostlash usullari nimalardan iborat?
7. O‘TM lari aylanish chastotasini rostlashning zamonaviy usullari qanday?
8. Parallel qo‘zg‘atishli O‘TM ni tormozlash usullarini tahlil qiling.
* * *



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin