U. T. Berdiev


§. Ijrochi o‘zgarmas tok motorlari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə159/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

31.2§. Ijrochi o‘zgarmas tok motorlari
Ijrochi O‘TM lari (31.2-rasm) elektr signallarni mexanik harakatga aylantirish uchun mo‘ljallangan. Bunday motorlar kam inersiyali, ya’ni boshqarish O‘TM ni tezkorlik bilan mexanik harakatga oshiradigan bo‘lishi lozim. Odatdagi konstruksiyali O‘TM larida yakor o‘zagining mavjudligi yakorning inersiya momentini ancha orttiradi. Shu sababli ijrochi O‘TM lar pazsiz yakorli va yakori bosma chulg‘amli qilib tayyorlanadi.
Umumiy maqsadli O‘TM lariga qo‘yiladigan talablardan tashqari ijrochi O‘TM lariga boshqarish signalining uzilishi bilan o‘z harakatini darhol to‘xtatishi va inersiyasining kamligi kabi maxsus talablar qo‘yiladi. Elektromagnit qo‘zg‘atishli ijrochi O‘TM larining ikkita chulg‘ami bo‘lib, ulardan bittasi elektr tarmog‘iga doimiy ulanib, uni qo‘zg‘atish chulg‘ami deyiladi. Valning aylanishi zarur bo‘lgan holda ikkinchi chulg‘amga, ya’ni boshqarish chulg‘amiga elektr signali beriladi. Ijrochi O‘TM larining konstruksiyasi umumiy maqsadli O‘TM larinikidan quyidagilar bilan farq qiladi, ya’ni ularning yakori, staninasi va qutblari yupqa elektrotexnik po‘lat tunukalaridan yig‘ilgan bo‘ladi, chunki bunday motorlarning ishi ko‘pchilik hollarda o‘tish jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijrochi motorlarning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘ladi, shu sababli uning ish xarakteristikalariga yakor reaksiyasi deyarli ta’sir qilmaydi.
M ustaqil qo‘zg‘atishli ijrochi motorlarning ikkita usul bilan, ya’ni yakordan va qutbdan boshqarish mumkin. Xarakteristikalari chiziqli bo‘lganligi va elektr signali uzilganda yakor tezkorlik bilan to‘xtash qobiliyatiga egaligi kabi afzalliklari mavjudligidan yakordan boshqariladigan ijrochi O‘TM lari (31.2,b-rasm) amalda keng qo‘llaniladi.Bularda qo‘zg‘atish chulg‘ami motorning butun ish jarayonida elektr tarmog‘iga ulangan bo‘ladi. Yakor chulg‘ami esa boshqarish chulg‘ami deyiladi. Bu chulg‘amga boshqarish signalini berganda yakor chulg‘amidan o‘tadigan tok qo‘zg‘atish chulg‘ami magnit maydoni bilan ta’sirlashib, aylantiruvchi moment hosil qilishi natijasida yakor aylanadi.
I
*
jrochi motor inersiyasini kamaytirish maqsadida quyma ferromagnit o‘zak ichki stator deb nomlanadigan qo‘zg‘almas qismda joylashgan bo‘lib, yakor chulg‘ami esa silindrik karkasga plastmassa bilan quyib mahkamlanadi. Demak, yakor chulg‘ami o‘tkazgichlari plastmassa bilan mahkamlangan silindrsimon kavak idishdan iborat bo‘lar ekan.
Ichi kavak yakorning inersiya momenti odatdagi yakornikidan ancha kamligi tufayli motorning yaxshi tezkorlikka egaligi uning afzalligi bo‘lsa, qo‘zg‘atish chulg‘ami joylashgan o‘zak (tashqi stator) va qo‘zg‘almas ferromagnit o‘zak (ichki stator) orasida katta nomagnit oraliqqa egaligi magnit qarshilikni oshirib zaruriy maydon hosil qilish uchun qo‘zg‘atish MYuK ni ancha oshirish talab etilishi (demak, motor gabaritining nisbatan oshishi) esa ularning kamchiligidir. Bunday motorlarning FIK taxminan odatdagi konstruksiyali O‘TM larniki singari bo‘ladi, asosiy maydoni doimiy magnit qo‘llab hosil qilinadigan motorlarda esa FIK yana ham yuqori bo‘ladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin