U. T. Berdiev


b) O‘TM ni «reostatli» ishga tushirish



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə145/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

b) O‘TM ni «reostatli» ishga tushirish. Quvvati P  0,5 kW bo‘lganlarida ishga tushirish tokini kamaytirish uchun yakor zanjiriga ketma-ket qilib ishga tushirish reostatini ulaydilar. Ishga tushirish jarayoni silliq o‘tishi uchun ishga tushirish reostati qarshiligini, odatda alohida elementlardan iborat bo‘lgan ko‘p pog‘onali (1...4) qilib bajariladi. Bu holda ishga tushirish toki quyidagiga teng bo‘ladi:
Ii.t= U/(ra+Rr), (30.9)
bu yerda Rr – ishga tushirish reostatining qarshiligi.
O‘TM ni ishga tushirish davri ti.t nisbatan ko‘p bo‘lmaganligidan, ishga tushirish reostatining qarshiligi shunday tanlanadiki, bunda ishga tushirish toki Ii.t (23) IN bo‘lishi kerak.
Quvvati katta bo‘lgan O‘TM larini ishga tushirish uchun reostatlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, sababi, bunda O‘TM aylanuvchi qismlari massasining momenti J ga to‘g‘ri mutanosib bo‘lgan energiya isroflari katta bo‘ladi. Shuning uchun bunday O‘TM ni ishga tushirishda kuchlanishni kamaytirish yo‘li maxsus ishga tushirish agregatidan foydalanib amalga oshiriladi (masalan, elektrovozning tortish O‘TM larini ishga tushirishda) yoki elektr motorlarini «generator − motor» sxemasi yordamida ishga tushiriladi.
v) Parallel qo‘zg‘atishli motorni ishga tushirish. Reostatli ishga tushirish amalda eng ko‘p qo‘llaniladigan usuldir. 30.2-rasmda uchta (L, Sh, Ya) uchli ishga tushirish reostatining sxemasi ko‘rsatilgan. Ko‘rilayotgan reostat o‘zaro ketma-ket ulangan to‘rtta pog‘onadan iborat. Bular 6 ta kontaktga ega bo‘lib, ulardan boshlang‘ichi − nol (0), to‘rtta (14) oraliqdagi va oxirgisi (5) – ishchidir. 4 – pog‘onaning oxiri 5 –kontakt va «Ya» harfi bilan belgilangan ulanish joyiga birlashtirilgan: «M» harfi bilan belgilangan misdan yasalgan yoy esa «Sh» harfi bilan belgilangan ulanish joyiga birlashtirilgan. Siljiydigan kontaktlari reostatining tutqichiga mahkamlangan va «L» harfi bilan belgilangan ulanish joyi bilan biriktirilgan bo‘lib, bu kontaktlar yordamida tarmoq simining birontasiga ulanadi. Ishga tushirishdan oldin reostatning tutqichiga mahkamlangan siljiydigan kontaktning uchi «0» kontaktida bo‘lilishi shart.Yakor zanjiridagi ishga tushirish tokining cheklangan qiymatida ishga tushirish momentini oshirish maqsadida asosiy qutb magnit oqimining qiymatini ko‘paytirish uchun qo‘zg‘atish tizimidagi rostlash reostatining qarshiligi rr.qo′z 0 bo‘lishi kerak (30.2,a-rasm). Ishga tushirish reostatining tutqichini kontakt «0» dan kontakt «1» ga ko‘chirganda qo‘zg‘atish chulg‘amiga, darhol, qiymati UN= U bo‘lgan kuchlanish beriladi, yakor chulg‘amiga esa, uning zanjiri bu holda ishga tushirish reostatining to‘la Ri.t.r= r1 + r2 + r3 + r4 qarshiligiga ulanganligi sababli, pasaygan kuchlanish beriladi. Natijada qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning qiymati katta bo‘lib, yakor zanjiridan esa (30.9) tenglama bilan aniqlanadigan tok o‘tadi. Ishga tushirishning boshlanishida yakorning aylanish chastotasi n = 0 bo‘lganligidan (30.9) ning suratidagi Ea= 0 bo‘ladi.
Agar yakor reaksiyasi O‘TM ning asosiy magnit oqimiga ta’sir qilmaydi deb hisoblasak, unda Ф =const bo‘ladi. Tok Ii.t.max ga boshlang‘ich ishga tushirish momenti to‘g‘ri keladi:
Mi.t.= CM Ф Ii.t.max . (30.10)
Agar bu moment Mi.t > Mst= M0 + M2 bo‘lsa, unda O‘TM ning yakori aylana boshlaydi. Bunda yakor chulg‘amini hosil qiladigan o‘tkazgichlar o‘zgarmas magnit oqimning kuch chiziqlarini kesadi va, Iqoz= const bo‘lganligidan, bu o‘tkazgichlarda yakorning aylanish chastotasi n ga mutanosib bo‘lgan teskari EYuK vujudga keladi (30.2,b-rasm,«a»egri chizig‘i).

Shu rasmdagi «A» egri chiziq esa, teskari EYuK vujudga kelganligi tufayli (30.9) ifodaga binoan, ishga tushirish tokining va (30.10) ifodaga ko‘ra bu tokka mutanosib bo‘lgan ishga tushirish momentining kamayishini ko‘rsatadi (chunki qo‘zg‘atish toki Iqoz= const bo‘lganda qo‘zg‘atish magnit oqimi ham Фqoz = const bo‘ladi va bitta «A» egri chizig‘i orqali har xil masshtabda ifodalangan ishga tushirish toki Ii.t va ishga tushirish momenti Mi.t ko‘rsatilgan).


Ishga tushirish toki Ii.t.min qiymatgacha kamayganda reostatining «T» tutqichi kontakt «2» ga ko‘chiriladi (bunda 1-pog‘onaning qarshiligi r1 keyingi jarayonda qatnashmaydi). Bu holda tok yana Ii.t.max gacha yetadi va O‘TM ning aylanish chastotasi ham «В» egri chizig‘i bo‘ylab o‘sadi, bunda ishga tushirish toki va momenti «В» egri chizig‘i bo‘ylab kamayadi. Bu jarayon 30.2,b-rasmda ko‘rsatilganidek quyidagi tartibda boradi, ya’ni aylanish chastotasining o‘zgarishini ifodalovchi egri chiziqlar a-b-c-d; tok va momentniki esa – A-B-C-D. Bu jarayon reostatning tutqichi 5-kontakt bilan ulangunga qadar davom qiladi va bundan keyin O‘TM, yakor toki Ia va aylanish chastotasi n bo‘lgan barqaror ish rejimda ishlaydi.
O‘TM ni tarmoqdan uzishda yakor tokini kamaytirish maqsadida reostat tutqichini kontakt 5 dan kontakt 0 ga qadar birin-ketin ko‘chiriladi; bunda ishga tushirish reostatining to‘la qarshiligi yakor zanjiriga ulangan bo‘ladi va yakor toki kamayadi. Bundan keyin ulab-uzgich «Ul» yordamida O‘TM tarmoqdan uziladi (30.2,b-rasm).
Kontakt 1 va mis yoyi «M» orasidagi tutashmaning mavjudligi katta ahamiyatga ega bo‘lib, u qo‘zg‘atish chulg‘ami, yakor chulg‘ami va reostatlardan iborat bo‘lgan berk konturni hosil qiladi. Bu konturda tarmoqdan uzilgan O‘TM qo‘zg‘atish chulg‘amining elektromagnit energiyasi issiqlik energiyaga aylanadi. Agar bu tutashma bunday, qo‘zg‘atish chulg‘ami birdaniga tarmoqdan uzilganda, bu chulg‘amda haddan tashqari o‘zinduksiya EYuK hosil bo‘lib, bu esa, chulg‘am izolyatsiyasini ishdan chiqarishi mumkin.
I shga tushirish vositalari odatda ishga tushirish toki maksimal qiymatining qisqa vaqt ichida o‘tishiga mo‘ljallangan, shu sababli ularni O‘TM ning normal ish jarayonidagi aylanish chastotasini rostlash maqsadida ishlatib bo‘lmaydi, hamda O‘TM ni ishga tushirgandan keyin ishga tushirish reostatining pog‘onalari kuyib qolmasligi uchun oxirgi pog‘onalarini ulangan holda qoldirib bo‘lmaydi.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmada O‘TM ni ishga tushirish uchun bir nechta pog‘onaga bo‘lingan qarshiliklar (R1, R2, R3)dan foydalanadilar, (30.3-rasm) bunda ishga tushirish kontaktlari (K1, K2 va K3) vositasida ular navbatma-navbat shunt qilinadi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin