30.3§. O‘zgarmas tok motorlarining ish xarakteristikalari Bu xarakteristikalar elektr motorlarining barqaror ish rejimidagi xossalarini belgilaydi. Bu xarakteristikalar yakor chulg‘amiga berilgan kuchlanish Ua= UN= const, hamda parallel (yoki mustaqil) qo‘zg‘atish zanjiri kuchlanishi Uqoz= const va rqoz= sonst (demak, Iqoz= sonst) shartlar bajarilganda olinadigan n, M, Ia va = f (P2) bog‘liqlikdir.
= f (P2) bog‘lanishdan tashqari barcha ish xarakteristikalari O‘TM turiga, ya’ni uning qo‘zg‘atish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, parallel qo‘zg‘atishli motorlarda (mustaqil qo‘zg‘atishlisida ham) qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimi Фqoz yuklamaning miqdoriga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi, ketma-ket qo‘zg‘atish motorlarda esa, bu yuklama tokiga kuchli bog‘liq bo‘ladi.
a) Parallel qo‘zg‘atishli motorning ish xarakteristikalari. Quyida mazkur O‘TM larida Ua= UN= const va Iqoz= Iqoz.N= const bo‘lgandagi n, M, Ia, = f (P2) bog‘liqlik bilan ifodalanuvchi ish xarakteristikalarini ko‘rib chiqamiz (30.4-rasm). Qo‘zg‘atish tokining nominal qiymati (Iqoz.N) qilib, O‘TM ning validagi yuki nominal (M2= M2N) va aylanish chastotasi n = nN bo‘lgan ish rejimdagi kattaligi qabul qilinadi.
A ylanish chastotasi n ning foydali quvvat P2 ga bog‘lanishi − n = f (P2), tezlik xarakteristikaci – n= f (Ia) egri chizig‘iga yaqin bo‘ladi. (30.12) tenglama parallel qo‘zg‘atishli motor uchun ham to‘g‘ri kelib, aylanish chastotaning pasayishi natijasida, yakorning teskari EYuK Ea kamayadi, bu esa yakor toki Ia ning va yakor reaksiyasining oshishiga olib keladi. Magnit zanjiri to‘yingan mashinalarda ko‘ndalang yakor reaksiyasi nisbatan magnitsizlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir esa, asosiy qutblarning magnit oqimini nisbatan kamaytiradi va shu sababli, O‘TM lari aylanish chastotasining nisbatan oshishiga olib keladi.
Mexanizmlarning odatdagi mexanik xarakteristikalarida ish turg‘unligi uchun O‘TM ning tezlik xarakteristikaci kamayuvchi bo‘lishi zarur. Shu maqsadda, parallel qo‘zg‘atishli O‘TM larini loyihalaganda uning validagi yuk oshganda yakor zanjiridagi kuchlanish pasayishi (IaRa) ning ortishi tufayli aylanish chastotaning kamayishi, asosiy qutblar magnit oqimi Fqoz ning kamayishi sababli aylanish chastotaning o‘sishiga nisbatan kattaroq bo‘lishi ta’minlanadi. Bunda yuklama noldan nominalgacha oshganda n ning pasayishi n = (38) foizni tashkil qiladi.
Valdagi yuk 0 dan nominal qiymatgacha o‘zgarganda, parallel qo‘zg‘atishli motorning tezlik xarakteristikaci − n = f (P2) deyarli to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida o‘zgarib, abstsissalar o‘qiga nisbatan kam og‘gan bo‘ladi va shu sababli, uni bikir (ya’ni kam o‘zgaruvchi) xarakteristika deyiladi. Parallel qo‘zg‘atishli motor aylanish chastotasining valdagi yukka nisbatan kuchsiz bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hossalaridan biri hisoblanadi.
Moment xarakteristikaci – M2 = f (P2) ko‘rinishdagi bog‘lanishdir. O‘TM foydali momenti M2 ning kattaligi uning validagi foydali quvvatga to‘g‘ri mutanosib bo‘lib, quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
M2 = P2/ω = P2/(2π∙n / 60) = 60/(2π)∙P2/n = 9,55 P2/n, (30.13)
bunda P2 W; M2 N∙m; n ayl/min.
Aylanish chastotasi n = const bo‘lganda (30.13) tenglamaga binoan M2 koordinatalar boshidan chiqadigan to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘lar edi. Ammo valdagi yukning oshishi bilan O‘TM ning aylanish chastotasi bir oz kamayadi, shuning uchun ham moment M2 quvvat P2 ga nisbatan tezroq o‘sadi (30.4-rasm). Aylanish chastotasi deyarli o‘zgarmas bo‘lgani uchun magnit va mexanik isroflari o‘zgarmas deyilsa bo‘ladi, natijada O‘TM ning salt ishlashdagi momenti M0= const bo‘ladi. Shu sababdan barqaror ish rejimdagi O‘TM ning momentlari muvozanat tengalamasi (30.4) ga binoan M= f (P2) egri chizig‘i, foydali momentining o‘zgarishi M2= f (P2) dan kattaligi M0 ga teng bo‘lgan oraliqda yuqorida joylashadi va M2 ning o‘zgarishiga o‘xshash bo‘ladi.
O‘TM foydali quvvati P2 ning oshishi bilan uning aylanish chastotasi bir oz pasayadi; yakor reaksiyasi ta’sirida esa magnit oqimi bir oz kamayadi, shu sababli Ia= f (P2) bog‘liqlik M= f (P2) egri chizig‘iga nisbatan ordinatalar o‘qi tomonga ko‘proq og‘adi.
P2= 0 da salt ishlash toki I0 = I0(a) + Iqoz nominal tokning (510) foizni tashkil qiladi. Bunda I0(a) − salt ishlash tokining yakor chulg‘amidan o‘tadigan qismi bo‘lib, nominal tokning (37) foiz ni tashkil qiladi. Kichik raqamlar – katta quvvatli elektr motorlariga, kattasi esa – kam quvvatlilarga to‘g‘ri keladi. Shu sababli Ia= f (P2) bog‘lanishning o‘zgarish egri chizig‘i koordinatalar boshi 0 ga nisbatan kattaligi I0 ga teng bo‘lgan masofada joylashgan ordinata nuqtasidan boshlanadi. 30.4-rasmda FIK ning maksimal qiymati max ga yuklamaning P2=(3/4) PN qiymati to‘g‘ri keladi. FIK max bo‘lgan nuqtaning chap tomonida o‘zgarmas isroflar ko‘p bo‘lsa, undan o‘ng tomonida esa elektr isroflari (o‘zgaruvchan isroflar) ko‘p bo‘ladi.