28.2§. Kommutatsiyaning zararli ta’sirini kamaytirish usullari O‘T mashinalarida qoniqarsiz kommutatsiyaning asosiy sababi kommutatsiyaning qo‘shimcha tokidir:
= / , (28.10)
bunda – tok ga bo‘lgan elektr qarshiliklari yig‘indisi.
Eng katta qarshilik, cho‘tkaning qarshiligi bilan o‘tish kontaktining qarshiligi (rch) dir.
= / rch. (28.11)
Bundan ko‘rinishiga IKni kamaytirish uchun yoki rch ni oshirish, yoki ni kamaytirish kerak ekan.
Qoniqarli kommutatsiya olish uchun ko‘mir-grafitli yoki grafitli cho‘tkalar ishlatish maqsadga muvofiqdir, chunki bularda o‘tish qarshiligi eng katta bo‘ladi. Bunaqa cho‘tkalar YuK kam tokli mashinalarda ishlatiladi.Pasaytirilgan kuchlanishli (30 V gacha bo‘lgan) mashinalarda esa mis-grafitli yoki bronza–grafitli cho‘tkalardan foydalaniladi.
Kommutatsiyalanuvchi seksiyada ni bir necha usullar bilan kamaytirish mumkin.
= eL + eM + eK = enat+ eK. (28.12)
Kommutatsiya uchun cho‘tka kengligining muhim ahamiyati bor. Cho‘tka qancha keng bo‘lsa, u bir vaqtning o‘zida shunchalik ko‘p kollektor plastinalarini yopadi. Buning natijasida o‘zaro induksiya EYuK eM ko‘payadi. Ingichka cho‘tkalarni tanlashning noqulayligi bunda ularning mexanik mustahkamligi kam bo‘ladi. Eni 23 sm kollektor bo‘linmasiga teng bo‘lgan cho‘tkalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Reaktiv EYuK (er)ning qiymatiga yakor chulg‘amining turi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, agar yakor chulg‘ami qisqartirilgan qadamli (y1 ) qilinsa, bir vaqtda kommutatsiyalanuvchi seksiyalarning aktiv tomonlari turli pazlarda bo‘lib, o‘zaro induksiya EYuK (eM)ning kamayishiga yordam beradi. Seksiyaning o‘ramlar soni kamaytirilganda, LS ws2 bo‘lganligidan, uning induktivligi kamayishi tufayli, o‘zinduksiya eL ham kamayadi. Lekin ko‘rsatilgan usullar kommutatsiyani to‘la yaxshilash uchun yetarli emas. Shu sababli boshqa usullardan ham keng foydalaniladi. Masalan, kompensatsion chulg‘am yakor reaksiyasi ta’sirini kamaytiradi. Kommutatsiya oralig’ida tashqi magnit maydoni yaratilib, bu maydon kommutatsiyalanuvchi seksiyalarda reaktiv EYuK (er)ga kattaligi jihatidan teng va qarama-qarshi yo‘nalgan EYuK (eK)ni hosil qiladi. Bu holda kommutatsiyalanuvchi seksiyada nol bo‘lib, kommutatsiya to‘g‘ri chiziqli bo‘lib qoladi.
Kommutatsiya oralig’ida tashqi magnit induksiyasini hosil qilish uchun quvvati P 1 150 kW bo‘lgan mashinalarda – qo‘shimcha qutblar, 150 kW va undan katta quvvatli mashinalarda esa qo‘shimcha ravishda kompensatsion chulg‘am ishlatiladi.
Qo‘shimcha qutblar va kompensatsion chulg‘amlar yakor chulg‘ami bilan ketma-ket ulanadi. Bu holda magnitlovchi kuch (Fqoz) mashina yuklamasining o‘zgarishi bilan MYuK Fa ga mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Agar qo‘shimcha qutblar magnitlovchi kuchining qiymati (FQosh.Q FA) qilinsa, eK er bo‘ladi va ish toki I ga qarama-qarshi yo‘nalgan kommutatsiya toki IK paydo bo‘lishi tufayli kommutatsiya egri chiziqli tezlashgan bo‘ladi (28.2-rasm, 3). Agar eK er bo‘lsa, kommutatsiya sekinlashib qoladi.