U. T. Berdiev


§. Yakor chulg‘amlari va ularning turlari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə125/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

26.2§. Yakor chulg‘amlari va ularning turlari
Qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qilgan magnit maydonda aylanishi natijasida chulg‘amda EYuK hosil bo‘ladigan qismi O‘T mashinasining yakori deyiladi. O‘T mashinalarida barabanli yakor qo‘llaniladi. Bunday yakor chulg‘amining o‘tkazgichlari magnit o‘tkazgichining tashqi silindrik sirtidagi pazlarda joylashadi. Bu chulg‘amda ketma-ket ulangan alohida elementlar yakorning buun aylanasi bo‘yicha bir tekis taqsimlangan bo‘ladi. Yakor chulg‘amining asosiy elementi seksiyadir. U bir-biridan izolyatsiyalangan bir yoki bir necha o‘ramlardan iborat bo‘ladi. Chulg‘amdagi hamma seksiyalar odatda bir xil sondagi o‘ramlar ws ga teng bo‘ladi. Seksiyalarning pazlarda yotgan qismi uning aktiv tomonlari deb, ularni birlashtiruvchi qismlari esa pazlardan tashqari tomonlari deb ataladi. Chulg‘amning pazlardan tashqari tomonlarini joylashtirish qulay bo‘lishi uchun yakor chulg‘ami ikki qatlamli qilib tayyorlanadi. Yakorning tashqi sirtiga yaqin joylashgan qatlamni yuqorigi qatlam deb ataymiz. Bunda har qaysi seksiyaning chapdagi aktiv tomonini bir pazning yuqorigi qatlamida, o‘ng tomondagi aktiv tomonini esa chulg‘am qadamiga teng masofadagi boshqa pazning pastki qatlamida joylashtiriladi. Chulg‘am qadami taxminan qutb bo‘linmasining eni  ga teng (y1  ) bo‘ladi (26.7,b-rasm). Qutb bo‘linmasi – bu qo‘shni geometrik neytral chiziqlari orasidagi yakor aylanasi bo‘yicha o‘lchangan masofadir, ya’ni  = Da/(2p), [m].
Seksiyalarning uchlari kollektor plastinalariga ulanadi, bunda har qaysi plastinaga bitta seksiyaning boshi va ikkinchi bir seksiyaning oxiri ulanadi, ya’ni har qaysi seksiya (S)ga bitta kollektor plastinasi (K) to‘g‘ri keladi (S=K). Sxemalar tuzish, ularni o‘qish va yakor chulg‘ami tayyorlash qulay bo‘lishi uchun «elementar paz» tushunchasi kiritiladi. Elementar paz – bu real pazda bir-birining ustida yuqorigi va pastki qatlamlarda joylashgan (26.7-rasm) turli seksiyalarning ikkita aktiv tomonidir. Real pazda bitta yoki bir necha elementar paz (yp) bo‘lishi mumkin. Eng oddiy holda real pazda bitta elementar paz (yp=1) turadi, demak, Z = Ze bo‘lganligidan quyidagini yozish mumkin:
Z = Ze = S = K, (27.4)
Biroq, to‘g‘rilangan kuchlanish va tokning pulsatsiyalanishini kamaytirish maqsadida pazning har qaysi qatlamida yonma-yon tarzda seksiyalarning bir necha (yp = 25) tomonlari joylashtiriladi. Bunda elementar pazlar va kollektor plastinalari soni real pazlar soniga qaraganda yp marta ko‘payadi:
Ze = ypZ = S = K, (26.5)
bu yerda yp – bitta real pazdagi elementar pazlar soni.
Chulg‘amlarni hisoblashda mashina qutb bo‘linmasining uzunligi  ni elementar pazlar soni orqali ifodalash qulaydir, ya’ni
 = Ze / (2p). (27.6)
Ma’lumki, yakor chulg‘amlarining o‘tkazgichlarida elektromagnit induktsiya hodisasiga binoan o‘zgaruvchan EYuK lar hosil bo‘ladi va EYuK o‘zgarishining har bir davriga mashina qutblarining bir jufti « p » to‘g‘ri kelganligi sababli, geometrik va elektr burchaklarini umumiy holda quyidagicha yozish mumkin: 360geom.= p360 el., bundan geom. = pel.

Seksiyalarning shakli va ularning kollektorga biriktirilish usullariga ko‘ra yakor chulg‘amlarining sirtmoqsimon, to‘lqinsimon va aralash turlari mavjuddir. Sirtmoqsimon va to‘lqinsimon chulg‘amlar oddiy va murakkab ko‘rinishda tayyorlanishi mumkin. Aralash chulg‘am – murakkab to‘lqinsimon va oddiy sirtmoqsimon chulg‘amlarning parallel ulanishidan iborat bo‘ladi. Chulg‘amni yakorga to‘g‘ri joylash va uni kollektorga to‘g‘ri ulash uchun chulg‘amlarning elementar pazlar soni bilan o‘lchanadigan, yakor bo‘yicha «y1, y2, y» qadamlarini va kolektor plastinalari soni bilan o‘lchanadigan kollektor bo‘yicha qadam «yk» ni bilish zarur bo‘ladi (26.8-rasm).
Sirtmoqsimon chulg‘amning birinchi qisman qadami (y1) chulg‘am seksiyasining ikkita aktiv tomoni orasidagi masofa (seksiya eni) ga teng va u butun son (b.s.) bo‘lishi shart:
y1 = Ze / (2p)   = b.s., (26.7)
bu yerda  – birdan kichik son bo‘lib, butun son hosil qilish uchun seksiyaning eni (y1)  soniga kamaytiriladi yoki uzaytiriladi; (+) bo‘lganida chulg‘am uzaytirilgan qadamli (y1>), (–) bo‘lganida qisqartirilgan qadamli (y1),  = 0 bo‘lganida esa to‘la qadamli (y1=) chulg‘am deyiladi.
Qisqartirilgan qadamli chulg‘amning pazlardan tashqari qismlarining uzunligi to‘la qadamlinikiga nisbatan bir oz kam bo‘ladi; bunda mis kamroq sarflanadi va kommutatsiyaning borishiga ijobiy ta’sir etadi, shuning uchun ham amalda qisqartirilgan qadamli chulg‘am ma’qul ko‘riladi.
Chulg‘amning ikkinchi qisman qadami (y2) quyidagicha aniqlanadi:
y2 = y1 – y . (26.8)

26.8-rasm. O‘zgarmas tok mashinasi yakor chulg‘amlarining elementlari va qadamlari: a – sirtmoqsimon (parallel); b – to‘lqinsimon (ketma-ket); s – aralash (murakkab to‘lqinsimon va oddiy sirtmoqsimon turlarining parallel ulanishidan hosil bo‘lgan); yteng = K/p – potensial qadam (ya’ni potensiallari bir xil bo‘lgan nuqtalararo qadami)


Chulg‘amning natijaviy qadami (y) ketma-ket ulangan ikkita seksiyaning birinchi aktiv tomonlari orasidagi masofaga teng:
a) oddiy sirtmoqsimon chulg‘am uchun
y = yk =  1 ; (26.9)
b) murakkab sirtmoqsimon chulg‘am uchun
y = yk =  m, (26.10)
bunda m – chulg‘am yo‘llari soni;
Chulg‘amning kollektor bo‘yicha qadami (yk) bir seksiyaning boshi va oxiri ulangan kollektor plastinalari orasidagi masofaga teng va (26.9, 26.10) lar bo‘yicha hisoblanadi. Bu tengliklarda ("+") ishora o‘ng yo‘lli chulg‘amga, ("–") ishora esa chap yo‘lli chulg‘amga taalluqli ekanligini bildiradi.
Katta quvvatli O‘T mashinalarida chulg‘am o‘rami ikki va undan ortiq seksiyalardan iborat bo‘ladi. Bu holda pazlar bo‘yicha qadam (y1Z) quyidagicha aniqlanadi:
y1Z = Z/(2 p)   = b.s., (26.11)
Bu qadam seksiya tomonlari orasida joylashgan real pazlar soni bilan o‘lchanadi. Agar pazlar soni qutblar soniga qoldiqsiz bo‘linmasa, u holda qadamni eng yaqin kichik songa yaxlitlanadi. Chulg‘am seksiyalari amalda yakor aylanasi bo‘yicha chapdan o‘ngga qarab joylashtirilsa o‘ng yo‘lli chulg‘am bo‘lib, misdan bir oz tejaladi.
Yakor chulg‘ami seksiyalarini pazlarga joylashtirib kollektor bilan ulagandan keyin tenglashtiruvchi ulanishlar qo‘yiladi; u parallel shoxobchalarning bir jufti "a" ga mos keladigan seksiyalar yoki kollektor plastinalari soni bilan o‘lchanadi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin