U. T. Berdiev


-Bob. Asinxron mashinalarning maxsus maqsadli va zamonaviy turlari. Asinxron motorlarni ishlatishga oid amaliy maslahatlar



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə81/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

17-Bob. Asinxron mashinalarning maxsus maqsadli va zamonaviy turlari. Asinxron motorlarni ishlatishga oid amaliy maslahatlar.
17.1§. Maxsus maqsadli asinxron mashinalarning ba’zi turlari
Ko‘pgina sohalarda umumiy maqsadli asinxron motorlar va generatorlar bilan bir qatorda maxsus maqsadli asinxron mashinalari ham ishlatiladi. Bunday maxsus mashinalarga asinxron chastota o‘zgartgich, faza rostlagich, induksion regulyator, aylanuvchi (buriluvchi) transformator, selsinlar, chiziqli motorlar va boshqalar kiradi. Ular yordamida chastotani, fazani va kuchlanish qiymatlarini rostlash; rotorning burilish burchagini shu burchakka yoki uning biror bir funksiyasiga mutanosib o‘zgaradigan kuchlanishga aylantirish; o‘zaro mexanik bog‘liq bo‘lmagan ikki yoki bir nechta o‘qlarning sinxron burilishi yoki aylanishini ta’minlash; mexanik ob’ektlarning chiziqli yoki yoysimon siljishini amalga oshirish mumkin.



Asinxron chastota o‘zgartgich. Faza rotorli asinxron mashina chastota o‘zgartgich sifatida ishlashi mumkin, chunki rotordagi tok chastotasi f2 ga teng, ya’ni:
f2= f1s = p(n1n) /60, (17.1)
bunda «–» belgisi rotorning magnit maydoni bilan bir xil yo‘nalishda aylanishini, «» belgisi esa uning magnit maydoniga teskari tomonga aylanishini ko‘rsatadi. Asinxron chastota o‘zgartgich faza rotorli asinxron mashina va uning valiga ulangan aylanish chastotasi rostlanadigan ishga tushirish motoridan iborat (17.1-rasm). Asinxron mashinaning birorta (masalan, stator) chulg‘ami, chastotasi f1 bo‘lgan uch fazali elektr tarmog‘iga ulansa, boshqa chulg‘amidan (rotor chulg‘amidan) chastotasi f2= f1s bo‘lgan o‘zgaruvchan tok olinadi. f2 > f1 chastota olish uchun asinxron mashina stator magnit maydoni yo‘nalishiga teskari bo‘lgan tomonga aylantiriladi. Bunda chastota o‘zgartgich elektromagnit tormoz (s >1) rejimida ishlaydi, motor esa unga mexanik quvvat uzatadi. f2 < f1 chastota olish uchun esa chastota o‘zgartgich motor rejimida va stator magnit maydoni yo‘nalishi bo‘yicha aylantirilishi lozim. Bunda chastota o‘zgartgich generator bo‘lib ishlayotgan birlamchi motor hosil qilgan elektromagnit momenti ta’sirida tormozlanadi. Generator rejimida ishlayotgan motor elektr energiyasini asinxron mashina ulangan tarmoqqa uzatadi. Chastota f2 ni ravon bir tekis rostlash uchun birlamchi motor sifatida o‘zgarmas tok motoridan foydalanib, uning aylanish chastotasini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin