U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Ikkinchi usul – bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Ikkinchi usul – bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha 
yondashuv. 
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini 
sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab 
chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub’ekti – 
uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar 
sotib olishi mumkin. 
Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, 
xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va 
boshqalarga qilinadigan sarflardir. 
Investitsion sarflar
– tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi 
jamg‘arishga qiladigan sarflaridir.
Investitsion sarflar asosan ushta qismdan 
iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; 
b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o‘zgarishi. 
Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi 
aniq; qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi, o‘z-o‘zidan aniqki, yangi 
fabrika, ombor yoki elevator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YAIM 
tarkibiga tovar zahiralarning ko‘payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur 
yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YAIM o‘z 
ichiga yil davomidagi zahiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini 
oladi. Zahiralarning bu o‘sishi YAIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi 
sifatida qo‘shiladi. 
Zahiralar kamayganda, bu kamayish YAIM hajmidan chiqarilishi zarur. 
Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan 
ko‘proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda 
ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan 
zahiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi. 
Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki 
investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin