cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
Asosiy tayanch tushunchalar Mikroiqtisodiyot - yaxlit iqtisodiyot nazariyasining alohida xo‘jalik
sub’ektlari, tarmoq va bozorlarni o‘rganishga qaratilgan nisbatan kichik darajasi.
E
1
E
2
24
Pozitiv tahlil - iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy hodisa va jarayonlarni
tushuntirish va bashoratlashda qo‘llaniluvchi tahlil usuli.
Normativ tahlil – iqtisodiyot qanday holda samarali amal qilishini, iqtisodiy
jarayonlar o‘z natijasini berishini o‘rganuvchi tahlil usuli.
To‘liq ratsionallik – iqtisodiy sub’ekt mavjud axborotdan eng yuqori
darajada foydalanib, qilingan xarajatlar bilan olingan natijalar o‘rtasidagi eng
yuqori tafovutga erishuvchi nazariy holat.
Cheklangan ratsionallik – axborotlarni to‘plash va tahlil qilishning qiyinligi
tufayli xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda undan to‘liq foydalanishning mumkin
emasligi holati.
Marjinalizm nazariyasi – bu xo‘jalik munosabatlariga jalb etilgan alohida
sub’ektning ruhiyati nuqtai-nazaridan amalga oshiriluvchi iqtisodiy tahlil.
Funksiya – bu bir qator o‘zgaruvchilarning boshqalariga bog‘liqligini aks
ettiruvchi matematik tushuncha.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 1.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa
iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi?
2.
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va
yo‘nalishlar vujudga kelgan?
3.
Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning
bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
4.
Mikroiqtisodiyot nima? Uning tadqiqot doirasiga qanday muammolar
kiradi?
5.
Mikroiqtisodiy nazariyada iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish
xususiyatlarini izohlab bering.
6.
Mikroiqtisodiy tahlilning qanday usullarini bilasiz?
7.
So‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm)ning
mohiyati nimadan iborat?
8.
Tahlilning muvozanatga asoslangan usuli nima?