U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

v) tabiiy-geografik sharoitlar.
Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga 
ta’sir qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga 
qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-
kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi; 
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar.
Masalan, tarixan shakllangan 
milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga 
xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. 
d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar
ham ehtiyojlarga 
ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi. 
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar,
ayniqsa, 
ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng 
tarqalishiga olib keladi. 
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, 
mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq 
qilib, engil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash 
muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, 
o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar 
bo‘lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan 
iboratki, murakkab, og‘ir va engil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar 
ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin 
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. 
Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va 
savdoning rag‘batlantirishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. 
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va 
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib 


28 
borishi tabiiydir. Bu 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin