cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi iqtisodiy qonunda o‘z ifodasini topadi . Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib
borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o‘rniga
yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni ishlab
chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks
ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi
yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan
ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi.
Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro
xususiyatga ega bo‘ladi. Masalan, kompyuter bir mamlakatda paydo bo‘lib, tez
orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani
sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo,
baynalminal belgilari rivoj topib boradi.
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga
ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat
ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi
ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi
hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim
almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong‘in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o‘sib
borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib
borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi
ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar
nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon
bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak
bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi.