212
«To‘liq bandlilik» tushunchasi iqtisodiyotda
ishsizlikning mutlaq mavjud
bo‘lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishini
tabiiy deb hisoblaydi, shu sababli «to‘liq bandlilik» ishchi kuchining 100% dan
kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘liq
bandlilik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy
ishsizlar soniga teng
bo‘ladi. Siklik ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘liq bandlilik sharoitidagi ishsizlik
darajasiga erishiladi.
«To‘liq bandlilik» sharoitidagi ishsizlik darajasi
ishsizlikning tabiiy darajasi deb ham ataladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan
bog‘liq bo‘lgan milliy ishlab
chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab
chiqarish salohiyatini ko‘rsatadi.
Ish bilan to‘liq bandlilik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori
muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo‘sh ishchi o‘rinlari
soniga
teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada
iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friksion» ishsizlarga mos keluvchi
ish o‘rinlarini topish, «tarkibiy ishsizlarga» ham yangi kasbni o‘zlashtirish yoki
yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.
«Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum
bir aniqliklar kiritishni
talab qiladi.
Birinchidan,
bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida
amal qilishi va shu orqali o‘zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro‘yobga
chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko‘pincha ishsizlik
darajasi tabiiy darajadan
ortiq, ayrim hollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindoshlik
ishlarida band bo‘lish natijasida tabiiy darajadan past ham bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan,
ishsizlikning tabiiy darajasi o‘z-o‘zicha
doimiy miqdor
hisoblanishi shart emas, u tarkibiy o‘zgarishlar (qonunlar
va jamiyat urf-
odatlaridagi o‘zgarishlar) oqibatida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSHda
ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab XX asr 60-yillarining o‘rtalarida 4,5% deb
belgilangan bo‘lsa, 70-yillarning boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6%
gacha o‘sdi.