U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Iqtisodiy inqiroz – ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishi. 


214 
Iqtisodiy sikl – ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi 
boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati. 
Turg‘unlik (depressiya) – ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini 
anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart–sharoitlarning vujudga 
kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy sikl fazasi. 
Jonlanish – iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib 
borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi. 
Yuksalish – iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to‘liq bandlikka erishilishi, ishlab 
chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to‘lovga layoqatli 
talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi. 
Tarkibiy inqirozlar – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari 
rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat. 
Agrar inqirozlar – qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan iqtisodiy inqirozlar 
bo‘lib, siklli tavsifga ega bo‘lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq 
davr davom etadi. 
Inflyasiya – qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi. 
Ishsizlik – mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan 
ta’minlanmagan ishchi kuchi. 
Friksion ishsizlik – malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar 
bo‘shashini kutayotganlar. 
Tarkibiy ishsizlik – ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‘zgarishlar 
natijasida vujudga keladigan ishsizlik. 
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda 
vujudga keladigan ishsizlik. 
Ishsizlik darajasi – ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati. 
Ouken qonuni – ishsizlik darajasi va YAIM hajmining orqada qolishi 
o‘rtasidagi nisbatning matematik ifodasi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin