U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi 
 
Moliya – pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish 
bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada 
pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish 
ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. 
Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qator 
vazifalarni
bajaradi. 
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni 
moliyaviy ta’minlash, ularga 
xizmat ko‘rsatish vazifasini
bajaradi.
2. Moliyaning 
taqsimlovchi vazifasi
moddiy ishlab chiqarish sohalarida 
yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil 
qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, 
iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari 
o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.
3. Moliyaning 
rag‘batlantiruvchilik vazifasi
, birinchidan, yaratilgan 
mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil 
qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan 
nazorat qilish 
vositasi
sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya 


217 
intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lish tizimi, turli soliqlar undirib 
olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Moliya tizimi o‘z ichiga turli darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk 
va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valuta zahiralarini, korxona va 
firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin