219
chiqaradi. Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz
to‘lovlari
shaklida, tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish
sharoitida, davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat
qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat
o‘zining qisqa
muddatli majburiyatlarini, o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga
almashtiradi. U o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini,
ancha yuqori foiz
bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish
mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha
davlatning moliyaviy ahvolini engillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida
foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq.
Xo‘jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi,
xalqaro
kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy
resurslarni jalb qilish uchun bo‘sh pul mablag‘larining milliy chegaradan
tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga
keladi.
Dostları ilə paylaş: