U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Eksportni rag‘batlantirishning tashkiliy



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Eksportni rag‘batlantirishning tashkiliy 
usullariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko‘rsatiuchun 
maxsus bo‘linmalarni tashkil etish; 
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi; 
- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashuv; 
- xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etishda yordam ko‘rsatish; 
- milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va h.k. 
Eksportni rag‘batlantirishning kredit-moliyaviy usullari
quyidagilardan 
iborat: 
- eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash; 
- eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar 
berilishini rag‘batlantirish; 
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug‘urtalash; 
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to‘lashdan ozod etish va h.k. 
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali 
cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to‘siq sifatida bojxona bojlarini keltirish 
mumkin. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur 
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. 


297 
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni 
mamlakatga kiritish. 
Reeksport – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni 
o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib 
olishi. 
Reimport – iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. 
Ichki va tashqi savdoning o‘xshashliklari nimadan iborat?
2. 
Ichki va tashqi savdoning qanday farqi mavjud?
3. 
Xalqaro savdo qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi? 
4. 
Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to‘siqlar mavjud bo‘ladi?
5. 
Xalqaro savdodagi sun’iy to‘siqlarni tavsiflang. 
6. 
Proteksionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ularni 
taqqoslang. 
7. 
Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyaning ahamiyati qanday? 
8. 
Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyada O‘zbekistonning ishtirok etishi 
imkoniyatlarini aniqlang. 


298 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin