U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Xalqaro valuta tizimi
– xalqaro valuta munosabatlarining davlatlararo 
bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. 
Xalqaro valuta tizimining tarkibiy unsurlari qo‘yidagilar hisoblanadi:

asosiy xalqaro to‘lov vositalari (milliy valutalar, oltin, xalqaro valuta 
birliklari – SDR, Evro);

valuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;

xalqaro to‘lovlarini balanslashtirish tartibi;

valutaning muomala qilish shart-sharoiti;

xalqaro valuta bozori va oltin bozori tartibi;

valuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi. 
Bundan ko‘rinadiki, milliy va xalqaro valuta tizimi unsurlari deyarli bir xil 
bo‘lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari 
jihatidan farqlanadi.
Jahon valuta tizimi o‘zining rivojlanishida uchta bosqichdan o‘tdi va ularning 
har biriga xalqaro valuta munosabatlarini tashkil qilishning o‘z tiplari mos keladi. 
Birinchi bosqich
1879-1934 yillarni o‘z ichiga olib, bunda 
oltin standart
sifatidagi 
pul tizimi ustunlikka ega bo‘lgan. 
Ikkinchi bosqich
1944-1971 yillarni o‘z ichiga 
olib, bunda 
oltin-devizli
(Breton-Vudsk tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka 
ega bo‘lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valuta kurslariga asoslangan. Hozirgi 
davrda 
(uchinchi bosqich)
amal qiluvchi jahon valuta tizimi 1971 yilda tashkil 
topgan bo‘lib, bu tizim 
boshqariladigan, suzib yuruvchi valuta tizimi
nomini oldi. 
Chunki davlat ko‘pincha o‘z valutalarining xalqaro qiymatini o‘zgartirish uchun 
valuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi. 
Oltin standart tizim qayd qilingan valuta kursining mavjud bo‘lishini ko‘zda 
tutadi. Banklar o‘zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro 
to‘lovlarni muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish 
xizmat qilgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb 
hisoblangan, ya’ni: a) o‘z pul birligining ma’lum oltin mazmuni o‘rnatadi; b) 
o‘zining oltin zahirasi va pulning ichki taklif o‘rtasidagi qattiq nisbatni ushlab 
turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga to‘sqinlik qilmaydi. Oltin strandart 


300 
pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi. Oltin standart sharoitida, turli 
mamlakatlar pul birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni bo‘yicha 
o‘rnatiladi. 
Oltin standart barbod bo‘lgandan keyin, valuta sohasini tartibga solishning 
o‘zaro maqbul yo‘lini topishga harakat qilindi. YAngi jahon valuta tizimi asoslarini 
ishlab chiqish maqsadida, 1944 yil Bretton-Vudsda (AQSH) ittifoqchi 
davlatlarning xalqaro konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiyada o‘zaro bog‘liq 
valuta kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kelishuvga erishildi va 
bu ko‘pincha Bretton-Vuds tizimi deb ataladi. Mazkur tizim oldingi oltin 
standartdan keskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin-valuta standart (AQSH 
dollari) yotadi va bu yerda rezervlar sifatida oltin va dollar chiqadi. 
Dollarning oltinga almashinishi rasman to‘xtagandan keyin, valutaning qayd 
qilingan kursi suzib yuruvchi kursiga o‘rin bo‘shatadi. Xalqaro valuta tizimidagi 
bu o‘zgarish 1976 yil Kingston (YAmayka) dagi kelishuvga binoan huquqiy 
jihatdan mustahkamlanadi. Qog‘oz pul tizimiga o‘tish bilan, qog‘oz pullar oltinga 
almashtirilmaydi. Beqaror kurslar sharoitida valuta kursi ham har qanday boshqa 
baho kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilanadi. 
Har qanday valuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valuta kursi 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin