99
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va
mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
etakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni
jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo‘lishini
ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko‘zlanadi.
Respublikamizda ham tarif tizimi orqali
ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar
va ish turlari uchun ish haqi to‘lashning yagona razryadlari aniqlangan.
Narxlar
o‘sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular
o‘rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi.
3. Foydaning mohiyati, tarkib topish xususiyatlari va tarkibiy qismlari
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda
sotilgan mahsulotlarning hajmi,
ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: