98
Ishbay-mukofot tizimi
bir qancha ko‘rsatkichlar
uchun mukofot berishni
nazarda tutadi.
Ishbay-progressiv haq to‘lashda
ishchining belgilab qo‘yilgan
me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan
tarif bo‘yicha
ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif)
bo‘yicha pul to‘lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi,
jamoa va ijara
pudratida qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor
mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini
hisobga olib haq
to‘lanadi. Haq to‘lashning jamoa shaklida ish haqi brigada,
sex va boshqa
bo‘linmaning pirovard mehnat natijalariga bog‘liq qilib qo‘yiladi. Bunda har bir
xodim faqat o‘ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga
bo‘linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo‘ladi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng
avvalo davlat tarif tizimi
yordamida amalga oshiriladi.
Tarif tizimi
yordamida tarmoqlar va mamlakat
mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar
malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi
tartibga solib turiladi.
Tarif tizimi tarif-malaka ma’lumotnomalarini
va ish haqiga har xil
koeffitsientlarini o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: