U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Dialektik usul
qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, 
o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir 
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib 
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi. 
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos 
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy 
va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va 
makonda o‘rganish. Bu yerda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir 


15 
iqtisodiy hodisa o‘zi bir jarayonning oqibati, natijasi bo‘lgani holda, boshqa bir 
iqtisodiy jarayonga sabab yoki omil bo‘lishi mumkin. Masalan, mashina, stanok, 
asbob-uskunalar bir ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bo‘lgani holda 
ikkinchi ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bo‘lib xizmat qiladi. Ishlab 
chiqarishdagi o‘zgarishlar taqsimot va iste’mol sohalarida o‘zgarish bo‘lishiga, 
qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar esa sanoatda o‘zgarish bo‘lishiga turtki bo‘ladi, 
va h. k. 
3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, pastdan yuqorigacha 
rivojlanishida deb qarash. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat 
jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur. 
4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga 
rivojlanishning manbai deb yondashish. 
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va 
pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o‘zaro 
chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular 
doimo sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy 
shaklga ega bo‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o‘rniga yangilari paydo 
bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning 
qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi. 
Dialektik dunyoqarash — bu qadimgi yunon falsafasidan boshlab to 
hozirgacha butun kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyoti tarixida inson aql-idroki 
erishgan buyuk yutuqdir. Dialektik uslubning mohiyati o‘rganilayotgan 
jarayonning 
ichki 
ziddiyatlar 
tufayli 
o‘z-o‘zidan harakatda bo‘lishini 
tushuntirishdan iborat va bu narsa har qanday fanga, jumladan iqtisodiyot 
nazariyasi faniga ham taaluqlidir. 
Mikroiqtisodiy nazariyada iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish o‘ziga xos 
quyidagi xususiyatlarga ega: 
- birinchidan, tadqiqot predmeti sifatida iqtisodiy munosabatlarning kichik, 
tor, quyi darajasi olinadi; 


16 
- ikkinchidan, tahlil jarayonlarida sub’ektiv-psixologik omillar ham sezilarli 
ta’sir ko‘rsatib, ularning tadqiqi maxsus usullar orqali amalga oshiriladi. 
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham 
mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning 
mohiyati o‘zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan 
foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin