138
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YAMM), yalpi
ichki mahsulot (YAIM), sof
milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik,
inflyasiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko‘rsatish
sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard
natijalarini qamrab oladi.
2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran
ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga
qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga
oshib turadi.
Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam
ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror
ishlab chiqarish deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin:
oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Dostları ilə paylaş: