U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


-chizma. YAMM va YAIM o‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

2-chizma. YAMM va YAIM o‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar. 
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga 
olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot 
to‘g‘risida so‘z yuritamiz. 
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur 
yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. 
YAIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga 
olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan 
qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. 
Qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan 
(amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib 
tashlangan miqdoriga teng. 
YAIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va 
xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovarning o‘zi, uning 
nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi 
mumkin. Narx ishlab chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona 
umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘rsatkishi sifatida foydalaniladi. 
Shuning ushun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy 
mahsulot hisobga olinadi. 
Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot 
nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy 
mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi.
Har xil yillarda ishlab 
chiqarilgan YAIM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoslash 
М

М

М

YAIM 
YAMM 


141 
mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyasiya (narx 
darajasining o‘sishi) yoki deflyasiya (narx darajasining kamayishi) o‘rin 
tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi. 
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin