U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar 
Investitsiyalar
– asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va 
ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan 
sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir.
U pul mablag‘lari, bank kreditlari, 
aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul 
mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya 
nominal investitsiya
, ana shu pul 
mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar 
real investitsiya
deyiladi.
Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar - 
investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor 
deyiladi. 
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo‘lib aholi keng qatlamlarining 
jamg‘armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg‘arma egasi va 
investor bir shaxsda namoyon bo‘lishi va bo‘lmasligi ham mumkin. Odatda, 
jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan 
investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga 
oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq 
xo‘jalik va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo‘lib 


161 
hisoblanadi. Bu o‘rinda «jamg‘aruvchi» va «investor» bir sub’ektda 
mujassamlashadi. 
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: 
- investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, 
pul jamg‘armalari va h.k.); 
- qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); 
- jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan 
mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari); 
- davlat byudjeti mablag‘lari; 
- chet elliklar mablag‘lari.
Mamlakatimizda

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin