U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

11-BOB. IQTISODIY O‘SISH MODELLARI 
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning 
asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga 
erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy 
o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq. Shu sababli ushbu bob iqtisodiy 
rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy 
o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bob 
davomida iqtisodiy o‘sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishini, 
iqtisodiy o‘sish borasida mavjud bo‘lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga 
ham o‘rin ajratiladi. 
1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari 
 
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon 
bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil 
qilinadi.
Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va 
aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga 
ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida 
ifodalanadi. 
Iqtisodiy o‘sishni YAIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon 
boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda 
amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy 
o‘sishini YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy 
salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali 
o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar 
(real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar 
bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va 
shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; 
ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning 


170 
sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib 
ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash 
boshqa tomondan uning atrof muhitga va
 
insonning hayotiga salbiy ta’sirini 
hisobga olmaydi. 
SHunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur’atlarining 
foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi: 
%
100
'



davr
bazis
davr
bazis
davr
joriy
YaIM
YaIM
YaIM
S
O
,
 
bu yerda: 
O‘S – iqtisodiy o‘sish sur’ati, foizda; 
YAIM
bazis davr
– taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi
YAIM
joriy davr 
– joriy davr (yil)dagi real YAIM hajmi. 
Mamlakatimizda keyingi yillar davomida YAIMning o‘sish sur’ati hamda 
aholi jon boshiga o‘sishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 1-jadvaldan ko‘rish mumkin. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin