183
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish
mumkin:
1. Moddiy-buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning,
unumli
mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning
joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va
o‘sib boradi.
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi
mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi.
Chunki bu
boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab
chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish
vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi
moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak,
qoplash fondi
va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga
amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat
shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- aylanma kapital (fondlar);
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;
- moddiy
zahiralar va ehtiyojlar;
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk.
Moddiy-buyumlashgan
boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
–
mehnat unumdorligining o‘sishi;
–
ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
–
milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi.
184
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti
hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon
harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi
ro‘y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-
sharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi.
Bunda ishlab chiqarishning
o‘sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili
bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini
tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga kelishi
tabiat qonunlari asosida ro‘y bersada, ulardan foydalanish
jamiyat rivojiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan
mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi.
Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu
holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi.
Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik
hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir
qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning
nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan
bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi.
Ular ham
moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun,
shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish
uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘likni saqlash, fan, madaniyat,
san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi.
Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar,
arxitektura obidalari, noyob adabiyot va
san’at asarlari alohida o‘rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish
darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi,
ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va
sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi.
185
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan
va tabiiy boyliklardan
ancha keng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi
qimmatliklarini ham oladi.
Dostları ilə paylaş: