187
12-BOB. IQTISODIY MUVOZANAT NAZARIYALARI VA MODELLARI
Milliy iqtisodiyot miqyosida jamiyatning daromadlari va xarajatlari
o‘rtasidagi muvozanat asosiy o‘rin tutib, bu yalpi taklif (yaratilgan milliy daromad)
va yalpi talab (foydalanilgan milliy daromad) o‘rtasidagi muvozanatning o‘ziga
xos namoyon bo‘lishidir. Bobda dastlab iqtisodiy muvozanat tushunchasi va ishlab
chiqarish muvozanati darajasini aniqlashga turlicha yondashuvlar qarab chiqiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish mutanosibliklari tizimi va ularning darajasi hamda
tarmoqlararo balansning mazmuni bayon etiladi. Makroiqtisodiy muvozanatga
erishishning bozor mexanizmlarini yoritib beriladi.
Dostları ilə paylaş: