U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

tarmoqlararo balans
hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq 
davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bo‘lgan hamda 
AQSHga o‘tib ketgan iqtisodchi V.Leontev tomonidan 
«xarajatlar – ishlab 
chiqarish»
modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi (5-jadval).
5-jadval.
Tarmoqlararo balans chizmasi. 
I SH L A B CH I Q A R I SH 
 
iste’molchi tarmoqlar 

pirovard iste’mol 
Jami: 
foyda-lanish 
bo‘yicha 
YAIM 
X A
 R A J 
A T
 L 
A R
 
Is
hlab
ch
iqaruvi
tarmoql
ar
n 3 2 1
a
11 
a
12
a
13
a
1n 
C

I

G

X

Y

a
21
a
22
a
23
a
2n
C

I

G

X

Y

a
31
a
32
a
33
a
3n
 

oraliq 
qiymat 
II 
an

an
2
an
3
a
nn
C

I

G

X

Y

Qo‘shi
lgan
qiym
at
IV 
I + II
W

W

W

P

P

P

III 
Im-port 
M

M

M




181 
Jami: 
xara-jat-
lar 
bo‘yicha 
YAIM 
Y

Y

Y

I + III 
II kvadrantda – C. Sh – (shaxsiy iste’mol); I – (investitsiyalar); G – (davlat xaridi); X (eksport).
III kvadrantda – W – ish haqi; P – foyda; M – import. 
V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng 
avvalo e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar 
o‘rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsientlar (I kvadrantdagi a
11
, a
12
, a
13
va h.k. 
belgilar) orqali o‘rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to‘rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga 
mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi 
kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg‘arish, davlat xaridi va eksport sifatida 
foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi 
kvadrantdan qo‘shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko‘rsatkichlari 
o‘rin olgan. To‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash 
ko‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo‘ylab 
xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo‘yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi 
unsurlarni, satrlar bo‘yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog‘i mahsulotini 
taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab 
chiqarish sharoitidagi o‘zgarishlar boshqa barcha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning 
miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o‘rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo‘lgan 
ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o‘zgarishlar 
muvozanatlashgan narxlar tarkibini o‘zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham 
o‘zgarishiga olib kelishini anglatadi.
«Xarajatlar – ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot 
turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga, balki mamlakat 
iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o‘zgarishi va 
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi. 


182 
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol darajadagi 
iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya 
tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning 
ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining 
yomonlashuvi va boshka shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi 
mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish 
mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning 
kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning 
oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, 
tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. 
Shunga ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy 
o‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb 
hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini 
ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining 
yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar. 
O‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning yuqori 
darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi 
ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning 
ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini 
ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u 
tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘g‘riligidan 
kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy 
resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, 
ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin