U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

tovar – bu biron-bir naflilikka 
va qiymatga ega bo‘lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Tovar ikki xususiyatga ega: 
birinchidan,
u kishilarning qandaydir ehtiyojini 
qondiradi; 
ikkinchidan,
u boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyumdir. 
Boshqacha aytganda, tovar iste’mol va almashuv qiymatlariga ega. Buyumning 
iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy 
9
Borisov E.F. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - - M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005, 
s.144. 
10
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, 
Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: INFRA-М, 2005, с.143. 


48 
iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir 
ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, 
marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar 
nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondashuv 
bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan o‘rmondagi cholning yoki kimsasiz 
orolda bir o‘zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini 
qo‘llaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o‘rtasida, gavjum bozor 
qatnashchilari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy 
jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, 
to‘g‘rirog‘i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari 
o‘zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Albatta, 
tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham 
naflilikka ega bo‘lavermaydi. 
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan 
tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin