cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblanadi.
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o‘rtacha bo‘lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy
va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi.
Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko‘paytirilgan yoki darajaga
ko‘tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi
murakkab mehnat ko‘p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo‘lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi
mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi
aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat
aniq mehnat deb nom olgan (1-chizma).
1-chizma. Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati. Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat’iy nazar, umuman sarflangan
inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o‘zining shu
sifatida
abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi.
Qiymat tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bo‘lib, unda
tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning
asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat
yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy
xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi.
Aniq mеhnat
Abstrakt mеhnat
Mеhnat
Ijtimoiy nafliligi
Tovar
Ijtimoiy qiymati
Ijtimoiy zaruriy
naflilik
Talabga mos
miqdordagi tovar
Ijtimoiy zaruriy
mеhnat
51
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o‘zgaradi.