U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

6-BOB.
ISHLAB CHIQARISH
XARAJATLARI, ISH HAQI, 
DAROMADLAR VA FOYDA NAZARIYALARI 
Korxonalarning bozorga mahsulot etkazib berishga bo‘lgan layoqatini aniqlab 
beruvchi muhim omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni 
ishlab chiqarish iqtisodiy resurs sarflarini taqozo qiladi, ular ham ma’lum narxga 
ega bo‘ladi. Korxona bozorga taklif qiladigan tovar miqdori iqtisodiy xarajatlar 
(resurs narxlari) darajasiga, resurslardan foydalanish samaradorligi va tovarlar 
bozorida sotiladigan narxlarga bog‘liq. Bu bobda biz sarf-xarajatlarning umumiy 
tabiati va tarkibiga to‘xtalamiz hamda foydaning tashkil topishini tahlil qilamiz. 
Shu bilan bir qatorda, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini 
aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo‘lgan ish haqini tahlil qilish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bobda ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bog‘liq muammolar 
va uning shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi darajasiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar ko‘rib chiqiladi.
 
1. Ishlab chiqarish xarajatlari konsepsiyasi 
 
Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qilinadigan barcha sarflar 
tushuniladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va 
yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy 
kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalari, foiz to‘lovlari 
va boshqa xarajatlar kiradi. 
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-
xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: bevosita ishlab 
chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1-chizma). Tovar birligining 
qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab 
chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo‘ladi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin