U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Muomala  xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Muomala 
xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu 
tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga etkazilguncha ketadigan 


91 
sarflarga aytiladi.
Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari 
va sof muomala xarajatlari. 
Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga 
ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala xarajatlari 
hisoblanadi. 
Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining 
davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar 
tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi. 
 
1-chizma. Xarajatlarning namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra turkumlanishi. 
Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste’molchilar 
talabini o‘rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Sof 
muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida 
yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo‘nalishdagi konsepsiyalari 
marjinalistlar va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bu boradagi 
klassik nazariyalarni ham mu’lum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu 
konsepsiyalarning o‘ziga xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini 
tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish 
imkoniyatlaridan kelib chiqadilar. 
Ma’lumki, muayyan bir resursni ishlab chiqarishning biron-bir yo‘nalishi 
bo‘yicha sarflanishi endilikda bu resursdan boshqa yo‘nalishlarda foydalanish 
imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Shunga ko‘ra, tadbirkor (yoki resurs egasi) mazkur 
resursni eng yuqori darajada naf keltiruvchi yo‘nalishga sarflashga harakat qiladi. 
UMUMIY XARAJATLAR
Ishlab chiqarish xarajatlari 
Muomala xarajatlari 
Ish haqi 
Xomashyo 
xarajatlari 
Yonilg’i va moylash 
matеriallari xarajatlari 
Amortizatsiya va h.k. 
Qo’shimcha 
muomala xarajatlari 
Sof muomala 
xarajatlari 


92 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin