24
5. Path Parameters (Yo`l parametrlari) bo`limida Add Path (Yo`l qo`shish) tug-
masini bosing, so’ngra loyiha oynasida ob`ekt harakatlanishi lozim bo`lgan
trayektoriyani belgilang. Yaratilgan ob` ekt yo`l boshiga joylashadi (22-rasm) .
6. Path Cptions (Yo
`
l xususiyati) guruhining %Along Path (%Yo`l bo`yicha)
o`rnatgichida ob`ektning boshlang`ich o`rnini foiz hisobida belgilang. Yo`lning
boshlang`ich qiymati 0 ga , oxiri esa- 100 qiymatga teng bo`ladi.
7. Agar ob`ekt o`z yo`nalishini o`zgartirishini xoxlasangiz,
Follow (Davom
ettirish) bayroqchasini o`rnating. Animasiya taymeri o`rnatgichini bir nedha kadrga
ko`chiring va ob`kt yo`l bo`yicha harakatida o`z yonalishini o`zgartirishiga e`tibor
bering.
Ob`ekt o`z harakat yo`nalishini o`zgartirishi 23-rasrnda keltirilgan. Ushbu
holda trayektoriya bo`yicha harakatlanayotganda ob`ekt harakat o`qi
trayektoriya
bo`yicha yo`nalgan bo`ladi. Bo`limning quyi qismidagi Axis (o`k) o`rnatgich
ob`ekt troyektoriyasi qaysi koordinatalar o`qi bo`yicha davom ettishini belgilaydi,
hamda ushbu o`q harakat davom etishi (Flip (Qaytish) bayroqcha olib tashlangan)
yoki qaytishi (bayroqcha o`rnatilgan) ni belgilashi mumkinligini aniqlaydi.
8.
Bank (Chayqalish). Animasiya taymeri o`rnatgichini bir necha kadrga suring va
ob`ekt o`mining o`zgarishiga e`tibor bering. Ushbu o`matmalar ob`ektni
trayektoriya burilishlarida egilishiga olib keladi. Agar chayqalish rejimi o`rnatilgan
bo`lsa, u holda o`rnatilganda ob`ekt harakat yo`nalishining o`zgarishi chayqalish
kattaligini
Bank Amount (Chayqalish kattaligi) qismda
va silliqlik darajasini
Smoothness (Silliqlik) maydonida o`rnatish mumkin. Ob`ekt egilishining o`zga-
rishi 23-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: