Uchastka stansiyasi ishini tashkil etishning umumiy masalalari 5


Stansiya ishi tezkor boshqaruvi sxemasi



Yüklə 356,32 Kb.
səhifə3/11
tarix20.11.2023
ölçüsü356,32 Kb.
#164780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Timur tyiiib

1.2. Stansiya ishi tezkor boshqaruvi sxemasi.
Temir yo‘l stansiyalari to‘g’risidagi qonunga mos ravishda, uchastka stansiyasining xo‘jalik hamda ishlab chiqarish faoliyatiga rahbarlik qilish, sutkalik hamda smenali rejalarni bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish, harakat hamda texnika xavfsizligini ta’minlashga stansiya boshlig’i mas’ul hisoblanadi. Texnik vositalardan foydalanish stansiya navbatchisi tomonidan amalga oshiriladi va belgilangan tartib bo‘yicha uning o‘rinbosarlari , stansiya muhandisi va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan nazorat qilib boriladi.
Stansiya ishining tahlili, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va tadbiq etish mehnatning ilg’or usullarini tadbiq etish kabi amallar stansiya boshlig’i yoki uning o‘rinbosarlarining rahbarligi ostida stansiya muhandisi tomonidan amalga oshiriladi.
Uchastka stansiyasida manyovr ishlariga bevosita rahbarlik qilish va tezkor rejalashtirish stansiya navbatchisi tomonidan amalga oshiriladi. Agar stansiyada manyovr ishlarining hajmi katta miqdorda bo‘lsa, u holda manyovr ishlariga raxbarlik manyovr dispetcheri tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holatda stansiya navbatchisi poyezdlarni stansiyaga qabul qilish, jo‘natish hamda to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish bilan bog’liq bo‘lgan jarayonlarni boshqaradi.
Ushbu uchastka stansiyasida stansiya chegarasida poyezdlarni xavfsiz qabul qilish, jo‘natish va shu bilan birga to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish, poyezd lokomotivlarini depoga yuborish va u yerdan olib kelish va shu bilan birga manyovr harakatlarini boshqarishga mas’ul shaxs stansiya navbatchisi hisoblanadi.
Ushbu amallarni bajarishga yo‘naltirilgan stansiya navbatchisining barcha ko‘rsatmalari poyezdlarni jo‘natishga tayyorlash, qabul qilish hamda o‘tkazib yuborish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etuvchi xodimlar uchun majburiy hisoblanadi va ular stansiya navbatchisining ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishlari lozim.
Stansiyadagi manyovr ishlarini poyezdlar tuzuvchisining bevosita rahbarligi ostida manyovr brigadalari bajaradilar. Manyovr brigadasi tarkibiga quyidagilar kiradi: poyezd tuzuvchisi, uning yordamchisi, signalchilar, strelka postlari navbatchilari, vagonlar harakat tezligini rostlovchilar. Ba’zi stansiyalarda mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda Mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig’ining farmoyishiga ko‘ra manyovr ishlarini birgina poyezd tuzuvchisining o‘zi bajarishi mumkin.

1.2. rasm. Uchastka stansiyasi ishining tezkor boshqaruvi sxematik ko‘rinishi.


Shartli belgilar:
DSTS – manyovr dispetcheri;
DSP – stansiya bo‘yicha navbatchi;
DSPP – yo‘llar bo‘yicha navbatchi;
STTS – stansiya texnologik markazi.
Smena rejalarini bajarish bo‘yicha ishlardagi tartibni ta’minlash, ishlab chiqarishni ko‘tarishga barcha xodimlar qiziqishlarini orttirish maqsadida stansiyalarda yagona smenalar tashkil etiladi, ularga rahbar etib stansiya navbatchisi (manyovr dispetcheri) hisoblanadi. Smena tarkibiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJsidagi poyezd va vagonlarga ishlov berish jarayonida ishtirok etuvchi xizmat va bo‘limlar xodimlari kiradilar.
Yagona smenalarning tarkibi mos ravishdagi ishlab chiqarish korxonalarining boshliqlari bilan kelishilgan.
Stansiya navbatchisi o‘zining ish davrida quyidagilarni ta’minlamog’i lozim.
- YaDM, MTU va “O‘TY” AJ lar bilan birgalikda 4-6 soatli davr bo‘yicha poyezdlarni jo‘natish rejasini tuzib beradilar;
- poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish, to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish, tarkiblarga ishlov berish, saralash va tuzish bo‘yicha smena rejasini bajarilishi;
- poyezd va vagonlarni ishlovdan o‘tkazish bo‘yicha texnologik me’yorlarni bajarilishini, jarayonlar orasidagi intervallarni va vagonlarni stansiyada umumiy turish vaqtlarini maksimal darajada kamaytirish;
- tranzit poyezdlarni tezkor ishlovdan o‘tkazish;
- mahalliy vagonlarni yuk ob’yektlariga berish va u yerdan olish bo‘yicha yuk ob’yektlarini o‘z vaqtida ishlovdan o‘tkazish, yuk amallarini bajarish;
- manyovr rayonlari o‘rtasida ishlarni bir tekis taqsimlash;
- stansiya xodimlari tomonidan manyovr ishlari o‘tkazilishida texnik hamda poyezdlar harakat xavfsizligi qoidalari talablarini bajarilishini doimiy nazorat qilib turish;
- tasdiqlangan grafik asosida vagon depolari va vagonlarni joriy ta’mirlash punktlari yo‘llariga ishlov berish va boshqalar.
Tezkor ishlarga rahbarlikni birga olib borish uchun uchastka stansiyalarida markaziy boshqaruv punkti tashkil etilgan bo‘lib, unda manyovr dispetcheri, stansiya navbatchisi, stansiya texnolgik markazi va axborot byurosi ish o‘rinlari joylashtirilgan bo‘ladi. Bu kabi postlarni manyovr ishlari hajmi nisbatan katta bo‘lgan hududlarda joylashtirilishi tavsiya etiladi.

Yüklə 356,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin