Uchburchak



Yüklə 18,08 Mb.
səhifə18/33
tarix30.09.2023
ölçüsü18,08 Mb.
#150765
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
majmua 2-kurs toza

Rolikli skanerlar eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko‘pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli. Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund.
Proekciey skanerlar tashqi ko‘rinishdan fotokattalashtirgichni eslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida esa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo‘l bilan skanerlaydi va olingan ma‘lumotni fayl ko‘rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar ham tuzulish jihatdan turlicha bo‘ladi: planshetli, barabanli, proekciey va b. Shaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o‘lchamli to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlari ko‘rinishiga ega. Tavsiflari bo‘yicha slayd-skanerlar eng yuqori sifatlidir: ularning o‘tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi. Masalan, barabanli skanerlar, ularda taxminan 200x300 mm li shaffof asl nusxa (slayd) aylanadigan barabanga mahkamlanadi. Howtek Scan Master skanerida o‘tkazish qobiliyati 4000 dpi, Scan View ScanMate Magic skanerida 4096 ta tusni uzatishda o‘tkazish qobiliyati 2000 dpi. Eng katta o‘tkazish qobiliyatiga kichik o‘lchamli slaydlar (tomoni 120 mm gacha) bilan ishlaydigan skanerlar ega. Scitex
Leaf Scan 45 skanerida 64500 ta tusni uzatishda o‘tkazish qobiliyati 5080 dpi ga teng.
FINE READER DASTURI VA UNDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
FineReader dasturining asosiy vazifasi ma`lumotlarni skaner qilish, undagi ob`ektlarni aniqlash, tahrirlash va uzatishdir. Skanerlangan ma`lumotlar turlicha bo`lishi mumkin. Bu ma`lumotlarni ob`ekt deb olsak ularni aniqlash va tahrirlashda FineReader dasturidan foydalanamiz. Ob`ekt
sifatida olingan ma`lumotlar oddiy matn, rasm, sxema yoki jadval ko`rinishida bo`ladi.
FineReader dasturining avfzalligi shundaki u turli ob`ektlarni aniqlay va bir –biridan ajrata oladi. Ob`ektlar aniqlangan so`ng uni Office dasturlaridan biriga uzatish imkoni ham mavjud.
FineReader dasturini ishga tushirish uchun (albatta dastur o`rnatilgan bo`lishi shart) «Pusk» menyusining «Programmi» bo`limiga kirib ABBYY FineReader Corporate Edition buyrug‘ini tanlaymiz.
FineReader dasturi oyna ko`rinishini 4 qismga ajratamiz:
1. Menyular satri – u fayl, pravka, vid va boshqa menyulardan tashkil topgan bo`lib, tarkibida dastur bilan ishlash uchun mo`ljallangan (yangi paket ochish, xotirada saqlash, skanerlash, uzatish va boshqa ko`plab) buyruqlar mujassamlashgan.
2.Uskunalar oynasi – bir nechta uskunalardan tashkil topgan bo`lib, menyu tarkibiga kirgan buyruqlarni tezda bajarish uchun oynaga alohida chiqarib qo`yilgan. Ushbu uskunalardan foydalanib yangi oyna ochish, ob`ektlarni 900 chapga yoki o`ngga burish, skaner qilishda tilni tanlash, skaner qilish, undagi ob`ektlarni aniqlash, ma`lumotlarning xatoliklarini tekshirish, uzatish va boshqa shu kabi amallarni bajarish mumkin.
3. Skanerlangan ob`ektlarning eskizlari– bunda skanerlangan ma`lumotlar bet, yan`i eskiz ko`rinishida oynaning chap qismida hosil bo`ladi. Shu yerdan turib ixtiyoriy betga o`tish, bir nechta betlarni belgilab olish, undagi ob`ektlarni aniqlash va boshqa amallar bajariladi. eskizda tanlangan bet dasturning asosiy ishchi oynasida kattalashgan holda hosil bo`ladi va undagi ob`ektlarni taxrirlash imkoni tug‘iladi . Asosiy ishchi oyna – unda skanerlangan ma`lumot hosil bo`ladi. Oynada ichki uskunalar paneli mavjud bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni turli ko`rinishlari (tekst, rasm, jadval) belgilab olinadi va ob`ekt sifatida aniqlanadi. Buning uchun ma`lumotga mos ob`ekt turi tanlanadi. Masalan ma`lumotimiz tekst bo`lsa uskunalar panelidan yashil rangdagi T harfini tanlab ishchi oynadagi tekst ajratilib belgilanadi.
Shu tarzda skanerlangan barcha betlardagi ma`lumotlarni eskizlar oynasidan tanlab, undagi ob`ektlarni asosiy ishchi oynada uskunalar paneli yordamida ajratib belgilab chiqiladi.

Yüklə 18,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin