Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/90
tarix13.09.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#143241
növüУчебное пособие
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

Teleo‘lchash tizimlari 
Ko‘p hollarda elektr o‘lchash vositalari o‘lchanadigan ob’ektga yaqin 
joylashtirilishga mo‘ljallangan. Teleo‘lchash tizimlari (TO‘T) ancha uzoq 
masofada turgan ob’ektlardan o‘lchash axborotini uzatishga imkon beradi. Buning 
uchun o‘lchanayotgan kattalik avval o‘lchash o‘zgartgichi O‘O‘ yordamida uzatish 
uchun qulay bo‘lgan elektr kattalikka aylantiriladi va aloqa uzatish qurilmasi O‘Q 
orqali qabul qilish qurilma QQQ ga uzatiladi. QQQ esa signalni o‘lchash 
asbobi O‘A ga beradi.
TO‘Tlari har xil belgilarga ko‘ra farqlanadi. Uzatiladigan kattalik
turiga ko‘ra tok, chastota, vaqt va raqamli TO‘Tlari, ishlash asoslariga ko‘ra 
analogli, impulsli va raqamli TO‘Tlariga ajratiladi. Bundan tashqari,
TO‘Tlari aloqa kanalini ajratish usuli, aniqlik sinfiga ko‘ra ham farqlanadi.
TO‘Tlar mutloq, nisbiy va keltirilgan xatoliklari bilan baholanadi. Asosiy
keltirilgan xatolikning qiymatlariga qarab TO‘Tlar 0,25; 0,6; 1,0; 2,5 va 4,0 
aniqlik sinflariga bo‘linadi. 


155 
O‘V laridan farqli o‘laroq TO‘Tlarining aloqa kanallariga tashqi
omillar ta’siri ko‘proq bo‘ladi. Asosan uch xil tashqi omillar farqlanadi: 
1) fluktatsion – amplitudasi va vaqt intervali har xil bo‘ladigan impulslar; 
2) sinusoidal – sanoat qurilmalari va tarmoqlaridan induksiyalangan 
signallar; 
3) impulsli –atmosfera hodisalaridan, har xil qurilmalar va
boshqalardan hosil bo‘ladigan amplitudasi va vaqt oralig‘i turlicha bo‘lgan 
impuls signallar. Bu omillarning ta’sirida qo‘shimcha xatoliklar yuzaga keladi. 
Analog TO‘T (ATO‘T)lari. ATO‘Tlarda o‘lchanayotgan kattalik
uzluksiz elektr signalga aylantirilib aloqa kanali orqali O‘V o‘lchash vositalariga 
uzatiladi.
ATO‘Tlarda axborot tok, kuchlanish, chastota va faza o‘zgarishi orqali 
uzatiladi.Tokli ATO‘Tlarida axborot o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok
ko‘rinishida uzatiladi. 
Kuchlanishli ATO‘Tlarida aloqa kanalida tok kamayishi tufayli signalni 
uzoq masofaga uzatish qiyinroq. Tokli ATO‘Tlar kompensatsiyali va 
nokompensatsiyali turlariga bo‘linadi. 
Impulsli TO‘Tlari. Bunday TO‘Tlarda ATO‘Tlardan farqli o‘laroq 
o‘lchanayotgan kattalik avval proporsional vaqt oralig‘iga o‘zgartiriladi.
Impulsli TO‘Tlarda oralig‘i turlicha bo‘lgan har xil o‘lchash kattaliklarini
uzatish imkoniyati mavjud. Ko‘p kanalli TO‘Tlari shu tamoyilda ishlaydi. 
O‘lchanayotgan kattalik impulsning qaysi parametriga o‘zgartirilishiga qarab
impulsli TO‘Tlar vaqt-impulsli, amplituda-impulsli va impuls-chastotali 
TO‘Tlarga bo‘linadi. 
Raqamli TO‘Tlari. Bunday TO‘Tlarda signal aloqa liniyasi orqali 
impulslarning ma’lum kombinatsiyasi ko‘rinishda uzatiladi. Impulsli
TO‘Tlardan farqi shuki, o‘lchanayotgan kattalik raqamli kodga almashtiriladi. 
Bunda ko‘pincha ikki-o‘nlik sanoq tizimi qo‘llaniladi. Raqamli o‘lchash 
axborotini uzatishda tashqi muhit ta’sirini kamaytirish uchun xatolarni
izlaydigan va to‘g‘rilaydigan raqamli kodlardan foydalaniladi. Lekin bunday
usulni qo‘llash apparaturani murakkablanishiga va uning narxi ancha 


156 
qimmatlashishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda xatolarni izlaydigan va ularni
mikroprotsessorli vositalar yordamida to‘g‘rilaydigan maxsus dasturlar mavjud. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin